Ponchik, burger va shokolad: ayrim mahsulotlarning iste’moliga bo‘lgan moyillikning sababi nima bilan bog‘liq?
To‘satdan organizmning shirinlik, qovurilgan hamda boshqa mahsulotlarni talab qilishi ayrim modda va vitaminlarning yetishmasligi yoki boshqa sabablar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Foto: FreepikShokoladga moyillik nimadan darak beradi
Shokoladga bo‘lgan moyillik organizmdagi magniy tanqisligidan dalolat beradi. Ushbu mineral energiya ishlab chiqarilishi, glyukoza metabolizmi va mushaklar vazifasi uchun javob beradi. Bu, ayniqsa, doimiy ravishda sport zalga boradiganlarga tegishli hisoblanadi. Bundan tashqari, magniy darajasi ayollarga yaxshi tanish bo‘lgan holat sabab ham kamayishi mumkin.
Nima qilish kerak?
Tarkibida shakar bisyor bo‘lmagan, kamida 75 foiz kakaoli shokolad iste’mol qiling. Yo bo‘lmasa, ratsioningizga oddiy kungaboqar pistasini kiriting.
Shirinlikka moyillik bo‘lsa
Shirinlikka bo‘lgan talabning yuqori bo‘lishi energiya yetishmayotganidan ham dalolat beradi. Shakar, ayniqsa, uzoq zo‘riqish yoki stressdan keyin hujayralar uchun muhim “yoqilg‘i” hisoblanadi.
Nima qilish kerak?
Energiyaga to‘yib olishning oddiy usuli yog‘ bilan birga oqsil iste’mol qilish sanaladi. Masalan, bir hovuch yong‘oq bilan olma yoki mevalar bilan kefir sizga bu borada yordam beradi. Oddiy shakardan farqli ravishda hujayralar ushbu “yoqilg‘i”ni uzoq muddat sarflaydi.
Muzqaymoq yeyishga moyillik
Bu organizmning foydali yog‘larga ehtiyoji borligini bildiradi.
Nima qilish kerak?
Muzqaymoq o‘rniga foydali yog‘larning koni bo‘lgan bir hovuch yong‘oq yoki avokado iste’mol qiling. Muzqaymoq olganda esa shakar kam qo‘shiladigan kokos ta’mi keladiganidan tanlang.
Sho‘r mahsulotlarga moyillik
Bu organizmning suvsizlanganidan darak beradi. Tuz organizmda suvni ushlab turadi, aynan shu sabab ham suyuqlik yetishmaganda odamning sho‘r mahsulot iste’mol qilgisi keladi.
Nima qilish kerak?
Shunchaki oddiy suv iching. O‘zini icha olmasangiz, yalpiz, limon va muzlatilgan mevalar qo‘shib iste’mol qiling.
Burgerga moyillik bo‘lsa
Mazali burger yoki go‘shtdan tayyorlangan steyk yeyish istagining paydo bo‘lishi temir moddasi, B12 vitamini hamda foli kislotasi tanqisligini anglatadi.
Nima qilish kerak?
Ferma go‘shtidan tayyorlangan burgerlarni iste’mol qilaverishingiz mumkin. Antibiotiklar va gormonlarsiz boqilgan hayvon go‘shti unchalik zararli bo‘lmaydi. Ratsionga tvorog, araxis, yasmiq hamda tunets singari mahsulotlarni kiriting.
Kraxmalli uglevodlarga moyillik
Pasta yoki pitssa yeyishga moyillikning paydo bo‘lishi kayfiyatni ko‘taradigan serotoninga ehtiyoj borligini bildiradi.
Nima qilish kerak?
Atrofingizni shamlar bilan o‘rab, yoqimli iforlar taralib turadigan vanna qabul qiling. Meditatsiya bilan shug‘ullaning. Tinchlanib, o‘zingizni yaxshi his qila boshlaysiz. Burgerdan tiyilsangiz, semirib ketish xavfi ham sizni bezovta qilmay qo‘yadi.
Manba