Salomatlik Ayollar uchun Tetiklashtiruvchi ta’siri qahvanikidan kam bo‘lmagan mahsulotlar

Tetiklashtiruvchi ta’siri qahvanikidan kam bo‘lmagan mahsulotlar

O'qildi: 313


Tetiklashtiruvchi ta’siri qahvanikidan kam bo‘lmagan mahsulotlar

Bayramlar o‘tdi, demak, yana avvalgi kundalik odatlarga qaytib, qish uyqusidan chiqish vaqti keldi. Erta uyg‘onish oson emas, bu ta’tildan keyingi rejim, salqin ob-havo va kunduzi quyoshning yo‘qligi bilan yanada murakkablashadi. Albatta, vaqtli uyg‘onish uchun birinchi navbatda, doimiy uyquning sabablarini aniqlash va to‘g‘ri rejimga o‘tish kerak. Bu borada qahvadan tashqari erta uyg‘onish va tetik bo‘lish uchun yordam beradigan mahsulotlari iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Foto: Pinterest

Bir stakan suv 

Foto: Harper’s Bazaar

Uyqusizlik kabi eng keng tarqalgan kasalliklaridan birining sababi – bu suvsizlanishdir. Ba’zida uyg‘onish va tanani ishga moslashtirishga yordam berish uchun bir stakan suv ichish kifoya. Suvning foydasini ikki baravarga oshirish uchun bir bo‘lak limon, olma sirkasi yoki sevimli rezavorlarni qo‘shish mumkin.

Achchiq shokolad

Foto: Harper’s Bazaar

Bir bo‘lak qora shokolad bir stakan qahva o‘rnini bosishi mumkin. Kakao tarkibidagi kofein va teobromin uyquning yengil ko‘tarilishiga yordam beradi. Kakao baxt gormonlari – endorfinlarning ortishini rag‘batlantiradi, bir bo‘lak qora shokolad nafaqat jismonan energiya bilan ta’minlaydi, balki kayfiyatni ham ko‘taradi.

Sitrus mevalar

Foto: Harper’s Bazaar

C vitaminiga boy apelsin, mandarin, limon va greypfruitlar tanani bir zumda uyg‘otadi, uni energiya bilan to‘yintiradi va miya faolligini oshiradi. Sitrus mevalarining hidi tetiklantiribgina qolmay, balki kayfiyatni ko‘taradi. Uzoq muddat davomida immunitetni mustahkamlab, mavsumiy vitaminlar bilan davolashga yordam beradi.

Yong‘oq

Foto: Harper’s Bazaar

Bir hovuch yong‘oq — funduk, bodom yoki pista tanani ozuqaviy moddalar bilan to‘ldiradi va uzoq vaqt davomida ochlikni qondiradi. Bundan tashqari, yong‘oq miya faoliyatini rag‘batlantiradi, ajoyib tetiklantiruvchi ta’sirga ega va energiya ishlab chiqarishni yaxshilaydigan biotinni o‘z ichiga oladi.

Rezavor mevalar

Foto: Harper’s Bazaar

Malina, chernika, qora smorodina, qulupnay va boshqa mevalar foydali vitamin va mikroelementlar bilan to‘ldiradigan tabiiy stimulyator sifatida ta’sir qiladi.

Matcha yoki limonli ko‘k choy

Foto: Harper’s Bazaar

Hech kimga sir emaski, har qanday choy qahva kabi tetiklantiruvchi ta’sirga ega. Choy, shu jumladan, ko‘k choy, kofein va foydali antioksidantlarni o‘z ichiga oladi va bir bo‘lak limon bilan birgalikda bu ichimlik tetiklikni kuchaytiradi va kayfiyatni yaxshilaydi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.