Tug‘ruqdan keyingi depressiya: 8 ta yashirin simptom
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, tug‘ruqdan keyin ayollarning kamida 13 foizi depressiyani boshdan kechiradi. Shu bilan birga, bemorlarning deyarli to‘rtdan uch qismi hatto kasal ekanliklariga shubha ham qilmaydi. Bu juda xavflidir, chunki tug‘ruqdan keyingi depressiya hayot uchun xatarli holat bo‘lib, ba’zida o‘z joniga qasd qilishga olib kelishi mumkin. O‘z vaqtida choralar ko‘rish va shifokor bilan maslahatlashish uchun nafaqat ayolning o‘zi, balki uning yaqinlari uchun ham depressiya rivojlanishining alomatlarini bilish juda muhim: bu holat o‘z-o‘zidan o‘tib ketmaydi.
Foto: “Domashniy ochag”Haddan ortiq tashvishlanish
Hamma onalar bolaning salomatligi va farovonligi haqida qayg‘uradi, shuningdek, uning ahvolidan xavotirda bo‘ladi. Agar tashvish hissi kuchayib borsa, ayolga kecha-yu kunduz hamrohlik qilsa, iloji boricha tezroq shifokor bilan maslahatlashish kerak. Bu depressiya rivojlanishining belgilaridan biri bo‘lishi mumkin.
Qattiq asabiylashish
Albatta, uyqusizlik, yangi vazifa, yuqori mas’uliyat, shuningdek, boshqalarning yetarlicha qo‘llab-quvvatlamasligi g‘azab va asabiylikning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Ammo eng kichik muammolarga ham to‘satdan kuchli g‘azablanish tabiiy javob bo‘ladigan bo‘lsa, bu ruhiy tushkunlik rivojlanishining belgisidir.
Qaror qabul qilishda qiyinchilik
Yana bir ogohlantirish belgisi – diqqatni jamlashda qiyinchilik va qaror qabul qila olmaslik. Hatto eng oddiy va tanish vaziyatda ham tanlov qila olmaslik depressiya belgilaridan biri, shu jumladan, bu bola tug‘ilgandan keyin rivojlanadi.
Ishtahaning o‘zgarishi
Emizikli ona suti yo‘qolmasligi va laktatsiya muammosiz davom etishi uchun odatdagi me’yoriga qo‘shimcha ravishda kuniga kamida 500 kaloriya kerak. Ammo ayol odatdagidan ko‘ra ko‘proq ovqat iste’mol qilsa yoki aksincha, deyarli hech narsa yemasa, bu juda jiddiy alomatdir. Va iloji bo‘lsa, tezroq shifokorga ko‘rinish kerak.
Uyquda muammolar
Rostini aytganda bola tug‘ilgandan keyin uyqu rejimi ham, uning ham sifati muqarrar ravishda o‘zgaradi. Ammo ayol qanchalik charchagan bo‘lsa ham ayol uxlay olmasa, bu juda jiddiy belgidir. Bunday vaqtda, albatta, shifokor bilan maslahatlashish kerak: davolanish uchun asab tizimini qo‘llab-quvvatlaydigan va dam olish qobiliyatini tiklaydigan maxsus dorilar buyurilishi mumkin.
Bolaga befarqlik
Bola tug‘gan ayollar har doim ham unga bo‘lgan muhabbat va mehrni darhol his qilavermaydi – bu normal holat. Ammo agar ayol chaqaloqqa nisbatan faqat g‘azablanish yoki befarqlikni his qilsa, uni doimiy noqulaylik manbayi sifatida qabul qilsa, nima bo‘layotganiga ahamiyat bermasa, shoshilinch ravishda onaga yordam kerak.
Yaxshi ona bo‘la olmaslik gumoni
“Men yomon onaman!” – har bir ona hayotida hech bo‘lmaganda bir marta o‘ziga aytadi. Ammo tug‘ruqdan keyingi depressiyaga duch kelgan ayollar tom ma’noda shu tuyg‘uga g‘arq bo‘ladi: ular hech qachon bolasiga g‘amxo‘rlik qila olmasliklariga, chaqaloq u bilan emas, balki boshqa bilan yaxshiroq bo‘lishiga ishonadi. Yana bir alomat – bu sezgi uzoq vaqt davomida yo‘qolmaydi.
Doimiy yig‘lash istagi
Homiladorlik va tug‘ruq kabi jiddiy hissiy tajriba, shuningdek, bu vaqtda yuzaga keladigan gormonal shoklar, nihoyat, uyqusizlik – bularning hammasi ayollarni hayajonlanishga va yig‘lashga moyil qiladi. Ammo tug‘ruqdan ikki hafta o‘tgach ham yig‘lash istagi yo‘qolmasa, bu haqda doktor bilan gaplashish kerak.
Manba