Ismaloq, yong‘oq, jigar va B guruhi vitaminlariga boy boshqa mahsulotlar
B guruhi vitaminlari tananing eng muhim vazifalarida ishtirok etadi, uning to‘g‘ri ishlashini ta’minlash esa, albatta, organizm salomatligi bilan bog‘liq. Masalan, asab tizimini tartibga solish uchun stressga qarshi turish va yaxshi kayfiyat lozim. Shuningdek, immunitet tizimini mustahkamlashga, hujayralardagi metabolizmni tartibga solishga va qondagi qand miqdorini me’yorda saqlashga yordam beradi. B guruhi vitaminlari bir-biri bilan birgalikda yaxshi samara beradi. Shuning uchun ham ushbu vitaminga boy mahsulotlarni ratsionga kiritish tavsiya etiladi.
Tuxum
Qaynatilgan yoki qovurilgan tuxumda B guruhiga tegishli 6 xil vitamin mujassam: B1, B2, B5, B6, B9 va B12.
Rikotta
Qatiq zardobiga asoslangan yengil italyan pishlog‘ida B6, B1(tiamin), niatsin(B3), riboflavin(B2)va folat mavjud.
Jigar
Jigar B12 vitamini(kobalamin)bo‘yicha rekordchi. 100 gramm jigarda 10 kunlik norma mavjud. Shuningdek, jigarda B2, B3 vitaminlari va kam uchraydigan B7 vitamini ham(biotin)mavjud.
Baliq
Baliq eng sog‘lom ovqatlardan biri deb hisoblanishi bejiz emas: 100 gramm baliq go‘shtida B1, B2, B3, B5, B6 va B12 vitaminlari kunlik qiymatining 30 foizidan 50 foizigacha bo‘ladi.
Ismaloq
Ajablanarli darajada folat(B9)ga boy: 100 grammi kunlik ehtiyojning yarmini o‘z ichiga oladi.
Dengiz mahsulotlari
Dengiz mahsulotlari B12 vitamini uchun kunlik ehtiyojning 400 foizini va B2 vitaminining 25 foizini ta’minlaydi.
Kungaboqar
Bu oddiy mahsulotning 100 grammi organizmning B3, B6, B5 va B9 vitaminlariga bo‘lgan kundalik ehtiyojining qariyb 30 foizini qoplay oladi.
Don mahsulotlari
Ularni har qanday shaklda muntazam iste’mol qilish B2, B3, B5, B6, B12 va B9 vitaminlarining normal darajasini saqlab turadi.
Yong‘oq
B7 vitamini(biotin)ning ajoyib manbai bodom, yeryong‘oq va yong‘oqdir. Shuningdek, yong‘oq tarkibida B3, B6 va B1 vitaminlari mavjud.
Manba