Salomatlik Salomatlik Faqatgina choy emas: shamollash mavsumida qanday ichimliklar bolalar salomatligini saqlashga yordam beradi?

Faqatgina choy emas: shamollash mavsumida qanday ichimliklar bolalar salomatligini saqlashga yordam beradi?

O'qildi: 305


Faqatgina choy emas: shamollash mavsumida qanday ichimliklar bolalar salomatligini saqlashga yordam beradi?

Shamollash va infeksion kasalliklar, ayniqsa, kuz va qishki mavsumda ko‘p kuzatiladi. Bunday vaqtda bolalarning immuniteti mustahkam bo‘lishi muhim sanalgani sabab ham ota-onalarga bu borada asqatadigan tavsiyalarni berib o‘tamiz.

Foto: “Lisa.ru”

Sovuq kunlarda bolaning salomatligini saqlash uchun nima qilish kerak?

Jismoniy tarbiya

Individual qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmasa, doimiy ravishda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish kerak. Mutaxassisning ko‘rsatmasi va bolaning xohishidan kelib chiqib, tonggi toza havoda bajarilgan mashqlar vaqt o‘tkazishning eng yaxshi usuli hisoblanadi.

Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish

Bolaga shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, qo‘llarni muntazam ravishda yuvish kerakligini o‘rgatish, shu bilan birga, ota-onaning o‘zi ham bu borada o‘rnak bo‘lishi kerak. Chunki bolalar aksariyat hollarda ota-onasiga taqlid qiladi. Shuningdek, shaxsiy idishi, kiyimi, tarog‘i, tish cho‘tkasi va sochig‘i bo‘lishi zarurligi, boshqalarnikidan foydalanmasligi kerakligini o‘rgating.

Kun tartibi bo‘lishi kerak

Bolaning uyqusi me’yorda bo‘lishiga e’tibor bering. Tiniqib uxlamaslik organizmni susaytirib, kasallik xavfini orttirishi mumkin.

Stressning oldini olish

Bu mavsumiy shamollashga sabab bo‘ladigan yana bir muhim omil sanaladi. Dam olishi, ijodkorona o‘yinlar uchun yetarlicha vaqt bo‘lishiga e’tibor bering.

Suyuqlik balansi me’yorda bo‘lishiga e’tibor qarating

Bolaning kun davomida qancha suyuqlik ichishi kerakligi yoshi, salomatligi qandayligi va mutaxassis bilan maslahatlashib aniqlash kerak bo‘lgan bir qancha omillarga bog‘liq bo‘ladi.

Nordon sutli ichimliklar

Prebiotiklar bola salomatligi uchun foydali. Tabiiy sutdan tayyorlangan ichimliklar ichaklar mikroflorasini yaxshilashga yordam beradi. Prebiotik va probiotiklarni vitamin va minerallar bilan umumlashtirish esa yanada yaxshi samara berib, hazm jarayonini ham me’yorlashtiradi.

Sut fermadan olinib, to nordon sutli mahsulotlarga aylanguniga qadar bir necha tekshiruvlardan o‘tgan bo‘ladi. Ishlab chiqarishda tayyor bo‘lgan mahsulotlar aseptik sharoitda sterillangan germetik idishlarga solinadi. Shu sabab ham bolalar uchun mo‘ljallangan bunday mahsulotlar uyda tayyorlanganidan ko‘ra uzoqroq saqlanishi mumkin bo‘ladi. Xarid davomida ot-onalar qadoqni yaxshilab ko‘zdan kechirishi, teshik yoki shish borligi kuzatilsa, sotib olmasligi kerak. Shuningdek, bolaga berishdan avval mahsulot ta’mini ko‘rish ham maqsadga muvofiq. Sut va sutli mahsulotlarda suyaklarning sog‘lom o‘sishi uchun muhim bo‘lgan mineral moddalar, xususan, kalsiy bisyor bo‘ladi.

To‘g‘ri tanlangan sharbat, mors va kisel

Bola ratsioniga to‘g‘ri tanlangan sharbat, mors, kisel va sharbatni o‘z ichiga oladigan ichimliklarni qo‘shsa bo‘ladi. Ular bola organizmi uchun muhim bo‘lgan bir qator moddalarni o‘z ichiga olishi mumkin. Bolalarga mo‘ljallangan ichimliklarda mineral moddalar, kletchatkalar, organik kislotalar mujassam bo‘ladi. Kisel esa hazm jarayonini yaxshilashi bilan o‘ziga xosdir.

Bolaning salomatligini yana qanday qilib yaxshilash mumkin?

Organizmning himoya kuchini mustahkamlash uchun to‘g‘ri ovqatlanish, ratsionda salomatlik uchun foydali bo‘lgan dukkakli mahsulotlar, sabzavot, mevalar, baliq, go‘sht mahsulotlari hamda tuxum bo‘lishi muhim. Vitaminli qo‘shimchalar va immunitetni mustahkamlaydigan boshqa medikamentlarni esa mutaxassis tavsiyasiga ko‘ra qabul qilish kerak bo‘ladi.

Mavzuga doir:

  • Bolalarda uchraydigan raxit kasalligi alomatlari, asoratlari va profilaktika choralari
  • Bilib qo‘ygan yaxshi: adenoid kasalligi alomatlari, asoratlari va davolash choralari
  • Bolalarda stomatitni davolash va oldini olish yo‘llari
  • Bolalar uchun birinchi qo‘shimcha ovqat: nimadan boshlash kerak?
  • Farzandingiz tishlarida kariyes paydo bo‘lgan bo‘lsa nima qilish kerak?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.