Xolesterin nazorati: Qanday mahsulotlarda fitosterin mavjud va ular nima uchun foydali?
Yurak sog‘lig‘iga beparvo qaramaslik kerak. Yurak-qon tomir kasalliklari hali ham o‘limlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi, shuning uchun yosh va butunlay sog‘lom holatda ham ularning oldini olish haqida o‘ylash kerak. Qondagi xolesterinning yuqori darajasi yurak kasalliklari uchun asosiy xavf omillaridan biridir. Agar xolesterin darajasi allaqachon me’yordan yuqori bo‘lsa, bu muammoni shifokor bilan hal qilish kerak. Xolesterin normal bo‘lsa, fitosterinlar salbiy o‘zgarishlarning oldini olishga yordam beradi va bu darajani saqlab qoladi.
Foto: Harper’s BazaarFitosterinlar yoki o‘simlik sterollari xolesterin bilan bog‘liq bo‘lgan molekulalar oilasidir. Ular ko‘p o‘simliklarda mavjud va xolesterin kabi hujayra membranalarining asosi hisoblanadi. Fitosterinlar zararli xolesterinning so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi, buning natijasida uning qondagi konsentratsiyasi pasayadi, shuningdek, yurak-qon tomir kasalliklari xavfi kamayadi.
Fitosterinlarga boy mahsulotlar:
- yong‘oqlar – pista, makadamiya, bodom, kaju, yeryong‘oq, funduk;
- urug‘lar – qovoq va kungaboqar;
- mevalar – ananas, apelsin, banan, olma, o‘rik;
- sabzavotlar – brokkoli, yashil loviya, karam, kartoshka yams, selderey, gulkaram, ko‘katlar;
- dukkaklilar – no‘xat, yasmiq, soya;
- yog‘lar – zaytun, argan, kungaboqar.
Mavzuga doir:
- Xolesterin miqdorini kamaytirishga va qon tomirlarni himoyalashda yordam beruvchi mahsulotlar
- Uzoq umr ko‘rish uchun yurak salomatligi haqida bilish kerak bo‘lgan 8 fakt
- Asal va sarimsoq aralashmasining organizm uchun foydali xususiyatlari
Manba