Salomatlik Salomatlik Kardiolog tavsiya qiladi: yurak salomatligini saqlashda yordam beradigan 4 maslahat

Kardiolog tavsiya qiladi: yurak salomatligini saqlashda yordam beradigan 4 maslahat

O'qildi: 337


Kardiolog tavsiya qiladi: yurak salomatligini saqlashda yordam beradigan 4 maslahat

Bugungi kunda insonlar parhezga rioya qiladi, ko‘p sabzavotlar iste’mol qiladi, sport zaliga boradi va yetarlicha uxlash uchun harakat qiladi. Bularning barchasini, albatta, salomatlikning borida qadriga yetish deb baholash mumkin.

Foto: Pinterest

Shuningdek, kardiologlar yurak salomatligini asrashda yordam beradigan bor-yo‘g‘i to‘rt qoidaga amal qilishni tavsiya etadi.

Olg‘a qadam tashlang

Butun dunyo odamlari qadamlarni sanab yurgan bo‘lsa, kardiologlar yurak urishlarini sanaydi. Yurak uchun kardio mashg‘ulotlardan ko‘ra foydaliroq narsa yo‘q. Haftasiga 75 daqiqa – bu eng kam vaqt. Bo‘sh vaqtda stress test musobaqalarini – yurakning jismoniy mashqlarga javobini tekshirishni tashkil qilish mumkin. Agar sabrsizlik vujudga kelgan bo‘lsa, bu koviddan keyin ajablanarli emas, shuning uchun aerobik mashqlarga ko‘proq e’tibor berish lozim.

Muvozanatni toping

Kasb charchog‘i va depressiya bugungi kun uchun odatiy holdir. Ammo ikkalasi ham yurak uchun xavfli. Demak, ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanatni topishga harakat qilish lozim. Ha, biznes bilan aloqani uzish qiyin bo‘lishi mumkin, lekin har qanday imkoniyatdan foydalanish kerak. Oilangiz yoki do‘stlaringiz bilan vaqt o‘tkazasizmi?Qarindosh va do‘stlar bilan muloqot qilish uchun qancha vaqt ajratishni hech kim bilmaydi. Shuning uchun bir daqiqani ham behuda o‘tkazmaslik kerak.

LDL bilan xayrlashing

Past zichlikdagi yomon xolesterin – LDL darajasi 4,9 mmol / l dan yuqori bo‘lsa, yurak xuruji yoki insult xavfi ortadi. Bunday ko‘rsatkichlar bilan shifokorlar bemorga statinlarni – LDL darajasini kamaytiradigan dorilarni buyuradi. Shu tufayli xolesterin darajasini 40 yoshdan keyin nazorat qilish tavsiya etiladi. Aks holda e’tiborsizlik tufayli jiddiy muammolar yuzaga kelishi mumkin.

Diyetadan voz keching

Diyeta qilishni boshlaganlar unga abadiy yopishib qolishi hech gap emas. Shuning uchun shifokorlar har doim bemorlarga ratsionni biroz o‘zgartirishni tavsiya qiladi. Misol uchun, hammasi mineral suv foydasiga gazli ichimlikdan voz kechishdan boshlanadi. Keyin kamroq qizil go‘sht va qayta ishlangan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish kerak. Asosiysi, har qanday narsani me’yorda iste’mol qilish odati shakllanadi hamda salomatlik borasida ham muammolar paydo bo‘lmaydi.

Mavzuga doir:

  • Kardiolog tekshiruvidan o‘tish kerakligidan darak beruvchi simptomlar
  • Haqiqiy zararkunandalar: buyrak salomatligiga xavf soluvchi odatlar
  • “Hammasiga shakar sababchi” hamda qandli diabet haqidagi boshqa yanglish fikrlar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.