Salomatlik Salomatlik Bola nutqi rivojlanishdan ortda qolganda qanday yo‘l tutish kerak?

Bola nutqi rivojlanishdan ortda qolganda qanday yo‘l tutish kerak?

O'qildi: 342


Bola nutqi rivojlanishdan ortda qolganda qanday yo‘l tutish kerak?

Bolaning nutqida kechikish borligini qanday aniqlash mumkin va qaysi mutaxassislarga murojaat qilish kerak?“Noviy ochag” nashri bu haqda batafsil ma’lumot bilan bo‘lishdi.

Foto: “Noviy ochag”

Bolada nutqni qanday rivojlantirish kerak?

Nutq rivojlanishi murakkab va, afsuski, juda keng tarqalgan muammodir. Nutqni yaxshi shakllantirish uchun bola bilan muloqot qilish kerak. Afsuski, na televizor, na audio ertaklar odamning odatiy nutqi o‘rnini bosa olmaydi. 5-6 oydan keyin turli xil qush va jonivorlarga taqlidan kuylashni boshlash lozim; 6-8 oydan so‘ng qilayotgan yoki qilishni rejalashtirgan hamma narsani aytish, she’r va ertaklarni o‘qish, kitoblardagi rasmlarni ko‘rsatish zarur.

Garchi bola hali juda kichkina, hech narsani tushunmaydigandek tuyilsa-da, bularning barchasi bolaning miyasining rivojlanishiga va ko‘proq yangi asabiy aloqalarning paydo bo‘lishiga yordam beradi.

Bolada nutq rivojlanishining normal vaqti

Farzandingiz standartlarga(bir yoshida 8-10, 1,5 yoshda 30 so‘z)javob bermasa, tashvishlanmang. Bolalarda nutq turlicha rivojlanadi. Bir yoshga to‘lgunga qadar barcha bolalar kelajakda nutqni o‘zlashtirish uchun bir necha bosqichlardan o‘tadi. 4-5 oyligidan ovoz chiqarishi, 8 oyligidan turli xil harflarni juftlab aytishi mumkin. Birinchi so‘zlar aksariyat chaqaloqlarda 9 oydan 1,5 yoshgacha paydo bo‘ladi. Bu so‘zlarni osongina tanib olish mumkin yoki aksincha, oddiy nutqdan uzoqqa o‘xshaydi: it o‘rniga baba, mashina o‘rniga bibi va boshqalar.

Qoida tariqasida, birinchi so‘zlar paydo bo‘lganidan 6-12 oy o‘tgach, leksik jarayon sodir bo‘ladi: so‘zlar soni keskin ko‘payadi, birinchi iboralar paydo bo‘ladi, ya’ni umumiy ma’no bilan birlashtirilgan ikki yoki undan ortiq so‘z.

Bolada nutq rivojlanishining kechikish belgilari:

Bir yoshda bola ota-onasining unga murojaat qilgan nutqiga javob bermaydi(mehrli murojaatga javoban jilmaymaydi; buyruqlarni e’tiborsiz qoldiradi).

Hech kim bolani mukammal tarzda bo‘ysunishini kutmaydi, ayniqsa bu yoshda, lekin har qanday murojaat qilingan nutqqa reaksiyaning to‘liq yetishmasligi kattalarni ogohlantirishi kerak.

1,5—2 yoshli bola ota-onalar tomonidan nomlangan obyektni(olma, stol, yozuv mashinkasi va boshqalar)ko‘rsatolmaydi;

1,5—2 yoshli bolada ishora bo‘lmaydi,(barmog‘i bilan ko‘rsatmasligi) so‘zni aytmaydi;

2,5—3 yoshda, oddiy iboralarni tuza olmaydi(men ichmoqchiman, menga olma ber, sayrga boramiz).

Bolada nutq rivojlanishining kechikishida nima qilish kerak?

Agar bunday muammoga duch kelsangiz, bir qator mutaxassislar bilan bog‘lanishingiz kerak: bolani pediatr, nevrolog, defektolog, neyropsixolog, LOR shifokori ko‘rigidan o‘tkazish majburiydir. Ba’zida nutq rivojlanishining kechikishi bolaning eshitishi bilan ham bog‘liq. Tekshiruv oddiy tibbiyot muassasalarida ham, ixtisoslashtirilgan markazlarda ham o‘tkazilishi mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.