Bolaning tana harorati ko‘tarilganda qanday yo‘l tutish kerak?
Bolalardagi virusli va bakterial infeksiyalar ko‘pincha tana harorati ko‘tarilishi bilan birga kuzatiladi. Haroratni tushirish uchun birinchi navbatda nima qilish kerak?“Noviy ochag” nashri bu borada pediatr Sulamif Volfson fikri bilan bo‘lishdi.
Foto: “Noviy ochag”Nima uchun bolaning tana harorati ko‘tariladi?
Tana haroratining ko‘tarilishi organizmdagi turli xil muammolarning belgisi bo‘lishi mumkin. Ba’zida harorat ko‘tarilishining sababi ota-onalarning o‘zlari tomonidan osongina aniqlanadi, ba’zida buning uchun shifokor kerak, ayniqsa hali 3 oylik bo‘lmagan chaqaloqlar uchun. Ammo haroratning ko‘tarilishi sabablaridan qat’i nazar, muammoning bartaraf etish usuli har doim bir xil:
Bolaning kiyimlarini iloji boricha yechib oling
Harorat ko‘tarilguncha, bolada titroq paydo bo‘lishi mumkin, shunday vaqtda uni odeyalga o‘rashga harakat qilish kerak; uning qo‘l va oyoqlari bu vaqtda juda sovuq bo‘lishi mumkin. Bu normal holat va davolanishni talab qilmaydi. Harorat ko‘tarilishi bilan oyoq-qo‘llar isib ketadi va bola o‘z-o‘zidan ustidagi yopinchiqni olib tashlay boshlaydi.
Farzandingizga ko‘proq suv ichiring
Yuqori haroratda suv organizmni nafaqat ter va peshob, balki nafas bilan ham tark etadi. Agar bolaning ishtahasi bo‘lmasa, undan ovqatlanishni talab qilmaslik kerak, ammo peshob chiqishi uchun yetarli miqdorda suyuqlik ichishi kerak.
Farzandingizga isitma tushiruvchi dori bering
Yuqumli kasalliklarda tana harorati ko‘pincha himoya reaksiyasi hisoblanadi: u organizmdagi viruslar va bakteriyalarning ko‘payishini sekinlashtiradi. Shuning uchun haroratni, qoida tariqasida, agar bolaga chidash qiyin bo‘lsa, tushirish tavsiya etiladi. Termometrdagi raqamlarga e’tibor qaratish shart emas. Harorat 39,5 va hatto 40,1 bo‘lishi mumkin. Asosan bolaning xatti-harakati va holatini o‘rganish kerak.
Agar chaqaloq faol bo‘lsa, o‘yinchoqlar bilan o‘ynashda davom etsa, multfilmlarni qiziqish bilan tomosha qilsa, haroratni pasaytirishning keragi yo‘q. Ammo faqat yotsa, ovqat iste’mol qila olmasa yoki uxlashga qiynalsa, isitma tushiruvchi dori berish kerak.
Bolalarda issiq tushiruvchi sifatida faqat paratsetamol yoki ibuprofendan foydalanish mumkin(3 oydan boshlab). Chaqaloqlar uchun(20 kilogacha)preparatning dozasi bolaning vazniga qarab hisoblanadi: paratsetamol uchun 15 mg/kg va ibuprofen uchun 10 mg/kg. Kattaroq bolalarga 250-300 mg paratsetamol yoki 200 mg ibuprofen tavsiya etiladi. 6-8 soat ichida 1 martadan ko‘p bo‘lmagan isitma tushiruvchi dorilarni berish mumkin.
Haroratni pasaytirish uchun boshqa usullardan foydalaning
Bolaning tana harorati ko‘tarilganda, dori vositalarisiz ham uni tushirish usullari mavjud:
- bolani yechintirish, ventilyatorni yoqish yoki konditsionerni salqin haroratga qo‘yish lozim;
- bolaning qo‘llari va oyoqlarini sovuq suv bilan artib olish. Issiq teridan suv bug‘lanadi va bolaning harorati pasayadi;
- bolani hammom yoki iliq dushda yuvintirish mumkin. Agar chaqaloqning tana harorati 37,5 dan yuqori bo‘lsa, u holda iliq suvda tezda deyarli normal holatga tushadi.
Manba