Salomatlik Salomatlik Oyoqlar go‘zalligini va sog‘lig‘ini qanday saqlash mumkin?

Oyoqlar go‘zalligini va sog‘lig‘ini qanday saqlash mumkin?

O'qildi: 273


Oyoqlar go‘zalligini va sog‘lig‘ini qanday saqlash mumkin?

Oyoqlaringizni sog‘lom va tomirlarning varikoz kengayishiga yo‘l qo‘ymasdan saqlashni xohlaysizmi?Shifokorlar maslahatini o‘qing!

Foto: Shutterstock

To‘rg‘un holatdagi og‘irliklarni kamaytiring

O‘tirib ishlaydigan ishda vaqti-vaqti bilan harakat qilish, oyoq mushaklariga yetarlicha bosim berish, oyoq uchida turish, yurib turish zarur. Bu mushaklarning qisqarishiga, qon aylanishining yaxshilanishiga, qonning oqish tezligini oshirishga yordam beradi.

“Oyoqlarni yerdan ko‘tarish”

— tomirlarning varikoz kengayishining oldini olish yo‘llaridan biri. Ishda va uyda qonning yurakka oqishini yengillashtirish uchun vaqti-vaqti bilan oyoqlarga 15-20 darajali burchak ostida ko‘tarib dam berilishi juda foydali.

“Oyoqni oyoqqa” qo‘yib o‘tirish odatini tashlang

Bunday holatda o‘tirganda oyoq bo‘ylab qon aylanishi yomonlashishidan tashqari jinsiy a’zolarning qon bilan ta’minlanishi ham buziladi.

Tor kiyimlardan voz keching

Son va boldir sohasida qon aylanishiga to‘sqinlik ko‘rsatuvchi har qanday kiyimlar, xususan tor pantalonlar yoki uzun paypoqlar venada qon ivishish holatining paydo bo‘lish xavfini kuchaytiradi.

Baland poshnalardan voz keching

Baland poshnali oyoq kiyimlar mushaklarni doimiy ravishda tarang holatda bo‘lishga majbur qiladi va oyoq venalariga beriladigan bosimni kuchaytiradi. Shuning uchun agar siz baland poshnali tufli kiyishingizga to‘g‘ri kelib qolsa, vaqti-vaqti bilan tuflini yeching va boldir mushaklarini uqalang.

Manba: “Zdorovie.com”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.