Salomatlik Salomatlik Qanday qilib sport bilan yiliga 312 kun shug‘ullanish mumkin?

Qanday qilib sport bilan yiliga 312 kun shug‘ullanish mumkin?

O'qildi: 216


Qanday qilib sport bilan yiliga 312 kun shug‘ullanish mumkin?

Tadbirkor, bloger, unumdorlik va prokrastinatsiya(ishlarni keyinga qoldirish)haqidagi podkastlar muallifi Darius Foro kishiga o‘zini muntazam mashq qilishga o‘rgatishda yordam beruvchi bir nechta maslahatlari bilan bo‘lishdi.

Foto: “Layfxaker”

Sabab toping

Agar siz har kuni sport bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lsangiz, ammo sizda aniq motivatsiya bo‘lmasa, siz tez orada mashg‘ulotlarni tashlab qo‘yasiz. O‘zingiz uchun qandaydir sabab toping va u haqda unutmang.

Har kuni bir xil vaqtda shug‘ullaning

Sport uchun hafta kunlarini tanlashda doimiy ikkilanishlar kelib chiqmasligi uchun har kuni shug‘ullaning. Endi faqat o‘zingiz uchun mos vaqt topish qoldi, xolos. Kim uchundir barvaqt turish qulayroq, kimdir, aksincha, ishdan keyin shug‘ullanadi. Bu odat tusiga kirishi uchun doimo bir xil vaqtda shug‘ullaning.

Past jadallikda mashq qiling

Unutmang, siz Olimpiadada oltin medal olish uchun emas, o‘z hayotingiz sifatini yaxshilash uchun sport bilan shug‘ullanyapsiz. Har kuni past jadallik(intensivlik)bilan mashq qilsangiz ham, qomatingizni bemalol formada tuta olasiz. Bunda odatda hech bo‘lmaganda sizni biroz ter to‘kishga majbur qiladigan 30 daqiqalik mashg‘ulot nazarda tutilmoqda.

Asta-sekinlik bilan chidamlilik va kuchni shakllantiring

Mo‘tadillik bilan shug‘ullanib, asta-sekinlik bilan kuch va chidamlilikni shakllantirish ancha samaraliroqdir. Albatta, bu kuniga yarim soat piyoda yurish kerak, xolos — degani emas. Shunchaki kishi o‘z organizmini bilishi va shoshmasligi kerak.

Mashg‘ulotlar jadalligini har hafta asta-sekin oshiring. Unutmang, siz har kuni shug‘ullanyapsiz, demak, baribir kuchliroq va xushbichimroq bo‘lib borasiz.

To‘g‘ri ovqatlaning

Deyarli har kuni yangi turdagi parhezlar paydo bo‘ladi, ammo ularning barchasiga ham ishonish kerak emas. Shunchaki, sog‘lom aqlga tayaning. Yog‘li va shirali narsalarni juda ko‘p yemang. Shuningdek, quyidagi tamoyillar haqida unutmang:

  • kuniga qancha kaloriya “yoqayotganingizni” biling;
  • kuniga qancha kaloriya qabul qilayotganingizni biling(buni MyFitnessPal kabi dasturlar orqali kuzatish mumkin);
  • yaxshi va yomon kaloriyalar o‘rtasidagi farqni biling;
  • o‘zingiz “yoqishingiz” mumkin bo‘lgan kaloriyadan ko‘p kaloriyani qabul qilmang.

O‘zingizga haftada bir kun dam bering

Vaqti-vaqti bilan dam olish kerak. Ba’zan esa — muzqaymoq yoki gamburger yeyish ham kerak, chunki bu — yoqimli. Asosiysi, bu odat tusiga kirmasin, aks holda, barcha harakatlaringiz behuda ketadi.

O‘z progressingizni qayd etib boring

Progressni jadval yoki dasturda qayd etib boring. Muvaffaqiyatlaringizning ko‘rgazmali aks etishi sizga motivatsiya beradi.

Har kuni mashq qilishga intiling. O‘rtacha olganda, odamlar haftasiga uch kun shug‘ullanadi. Jami bu yiliga 156 kun bo‘ladi. Haftasiga bir kunni qoldirsangiz ham, siz yiliga 312 kun mashq qilasiz, bu esa o‘rtacha me’yordan ikki marta ko‘proq demakdir.

Manba: “Layfxaker”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.