Uyqu qanday qilib sog‘lom tarzda ozishga yordam beradi?
Chikago universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlarda uyquning kamligi zararli ekanligi, ayniqsa xamirli ovqatlarga moyillikni keltirib chiqarishi aniqlandi.
Foto: VogueAgar siz uyquga sarf qilinadigan vaqtni qisqartirib, ancha ishlarni bajarish yoki ko‘proq narsalarga erishish mumkin deb hisoblasangiz, xato qilasiz.
Kam uxlash nafaqat sog‘liq uchun, balki unumdorlik uchun ham zararli hisoblanadi. Bundan tashqari, siz nosog‘lom ovqatlanishga bo‘lgan moyillikni ham oshirasiz.
Nima uchun ko‘proq uxlash zarurligining asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
Uyqu to‘qlik haqida xabardor qilishga yordam beradi
Uyqusiz o‘tkazilgan bir necha tun energiya almashuvini boshqaradigan va to‘yish hissiga javob beruvchi leptin gormonlarining miqdorini kamaytirib yuborishi mumkin.
Biz kam uxlaganimizda organizmga qo‘shimcha energiya talab qilinadi. Shu sababdan biz agar kamroq uxlasak ko‘proq yeyishni xohlaymiz.
Bunday holatda to‘qlik hissi organizmga energiya muvozanatini tiklash uchun zarur bo‘lgan kaloriya miqdori kelib tushgandan keyin paydo bo‘ladi.
Uyqu bizning tanlovimizga ta’sir qiladi
Sog‘lom uyqu tamaddilarga ehtiyoj paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi
Manba: “Zdorovie.com”
Manba