Salomatlik Salomatlik Haqiqatan ham toksinlar ter bilan chiqib ketadimi?

Haqiqatan ham toksinlar ter bilan chiqib ketadimi?

O'qildi: 244


Haqiqatan ham toksinlar ter bilan chiqib ketadimi?

Biz yaxshilab terlash yo‘li bilan zararli moddalardan qutulish mumkinligi haqida ko‘p eshitganmiz. Lekin bu butunlay to‘g‘ri emas.

Foto: “Tl-press.info”

Ha, ter bilan organizmdan ba’zi zararli moddalar chiqarib yuboriladi. Masalan, terning ichida og‘ir metallar va plastmassada ham uchraydigan bisfenol A kimyoviy moddasi borligi aniqlangan. Lekin bu moddalarning chiqarilishi sog‘liqni yaxshilashiga hech qanday isbot yo‘q.

Terning 99 foizi suvdan tashkil topgan, unda metallar konsentratsiyasi juda kam. Organizmdan toksinlarning katta qismini jigar va buyraklar chiqaradi.

“Saunalar va boshqa shunga o‘xshash usullarning foydasi haqidagi fikrlar fan tomonidan tasdiqlanmagan”, — deydi AQSh harbiy-havo kuchlari bort shifokori va Science-Based Medicine ilmiy sahifasining muharriri Xarriyet Xoll.

Organizmida og‘ir metallar miqdori yuqori bo‘lgan odamlarga sauna emas, balki dori-darmonlar yordamida davolanish zarurroqdir. Qolganlarning hammasida esa qo‘shimcha yordamlarsiz detoks yuz beradi.

Bundan tashqari, terida topish mumkin bo‘lgan toksinlarning juda kichik miqdori salomatlik bilan bog‘liq haqiqiy muammolardan darak berish-bermasligi aniq emas. Va ularni chiqarishdan salomatlik uchun qandaydir foyda bo‘lishi ham noma’lum.

Manba: “Layfxaker”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.