Qaysi vitaminlar sog‘liq uchun zararli?
Ba’zi vitaminlar nafaqat sizning hamyoningizga, balki sog‘lig‘ingizga ham zarar keltiradi.
Foto: “7ya.ru”Quyidagi vitaminlarni qabul qilishni to‘xtating va sog‘lom ovqatlarni iste’mol qilishga o‘ting — ularning tarkibida sizga kerak bo‘ladigan hamma moddalar mavjud.
Foli kislotasi
Odamga har kuni hammasi bo‘lib 400 mkg foli kislotasi kerak bo‘ladi. Dukkaklilar, sarsabil va hatto quruq nonushtalar ham bu me’yorni osonlik bilan qoplaydi.
Selen
Ilgari bu moddani saratonning oldini oluvchi vosita sifatida reklama qilishgan. Lekin oxirgi tadqiqotlar bu vitaminlarning qo‘shimcha dozasini qabul qilish saratonning rivojlanish xavfini oshirishini aniqladi.
B6 vitamini
B6 vitaminlarining shifokorlar tomonidan isbotlangan bironta ham foydali xususiyatlari yo‘q. To‘g‘rirog‘i, vitamin-ku albatta foydali, lekin uning kunlik normasini biz shunday ham ovqat orqali olamiz. Kunlik normaga qo‘shimcha dozalarni kiritishning hech keragi yo‘q.
B12 vitamini
Aslida vegetarianlarga B12 vitaminini qo‘shimcha qabul qilish ziyon qilmaydi. Lekin, u baliq, mol go‘shti va quruq nonushtalar tarkibida yetarli miqdorda mavjud.
C vitamini
Klinik tahlillar C vitaminining shamollash kasalliklariga hech qanday ta’sirini ko‘rsatmadi. Shuning uchun, reklama hiylalari ta’siriga tushib qolmang: erkak kishiga bir kunda bu vitaminning bor-yo‘g‘i 90 mg i ham yetarli bo‘ladi.
E vitamini
O‘simlik yog‘i, yong‘oqlar, yashil sabzavotlar — mana sizga kerak bo‘ladiganlarning hammasi. E vitaminini qo‘shimcha ravishda qabul qilishning organizmga foydasi to‘g‘risida hech qanday tadqiqotlarda aniqlanmagan.
Manba: “7ya.ru”
Manba