Salomatlik Salomatlik Qanday qilib 5 daqiqada dam olish mumkin?

Qanday qilib 5 daqiqada dam olish mumkin?

O'qildi: 264


Qanday qilib 5 daqiqada dam olish mumkin?

Tanangizni tez bo‘shashtirishni o‘rgansangiz, horg‘inlik ham, stress ham va boshqa kasalliklar ham siz uchun qo‘rqinchli bo‘lmaydi.

Foto: Flickr

Tang qilib qo‘yuvchi stress

Stress va charchoq har doim noxush jismoniy tuyg‘ular va tanglik bilan bog‘liq. Bu bo‘yinning qotishi, yelkalarning qisilishi, jag‘larning jipslashishi va qo‘llarning mahkam siqilish holatidir. Shuning uchun tanani bo‘shashtirishni o‘rganish juda muhim.

Sevimli joyingizni tasavvur qiling

Ko‘zlaringizni yuming. Sizga eng ko‘p yoqadigan joy haqida o‘ylang. Bu shovqin bo‘lmagan, tinch joy bo‘lishi kerak. Shunday joy haqida ikki yarim daqiqa o‘ylang. Tasavvur qiling, masalan siz shaffof suvli hovuzda cho‘milayapsiz. Yoki kuzgi o‘rmonni, dalani, daryoni ko‘z oldingizga keltiring.

Siz salbiy hissiyotni yoqimli tuyg‘ularga almashtirishingiz, keraksiz tashvishlarni siqib chiqarishingiz kerak.

Nafas olish

Nafas olish – bu to‘g‘ri bo‘shashtirishning asosi hisoblanadi. Biz turli holatlarda turlicha nafas olamiz. Shuning uchun har doim bu jarayonni kuzatishimiz zarur. Agar nafas olishni nazorat qilishni o‘rgansangiz, unda siz o‘zingizni ham nazorat qila olasiz.

Sizni tinchlantiradigan eng oddiy mashq: bir necha marta chuqur-chuqur nafas oling va chiqaring. Buni iloji boricha sekinroq, shoshmasdan bajaring.

Taranglashish va bo‘shashish

Navbati bilan yuz, bo‘yin, qo‘llar, qorin, tovon mushaklarini taranglashtirishni boshlang. Keyin bu mushaklarni yana bo‘shashtiring.

Hamma mushaklarni bir vaqtda tarang qilishga, “tosh”ga aylanishga, bir necha soniyadan keyin esa bo‘shashtirishga o‘rinib ko‘ring.

Meva yeng

Mazali meva sanoqli daqiqalarda kayfiyatni ko‘tara oladi. Agar siz boradigan joyingizda hayajonlanishga to‘g‘ri keladigan vaziyatlar bo‘lishini oldindan bilsangiz, o‘zingiz bilan yaxshi ko‘rgan mevangizni oling. Uni stress paytlari yeng.

Zararli oziq-ovqatlarni iste’mol qilishdan voz kechish zarurligini esingizda tuting. Yog‘li, sho‘r va shirin yeguliklar stressni kuchaytirishga yordam beradi. Ko‘proq meva va sabzavotlar iste’mol qilishga harakat qiling.

Manba: Trendymen




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.