Salomatlik Salomatlik Xurrak haqida butunlay unutishga yordam beruvchi 6 maslahat

Xurrak haqida butunlay unutishga yordam beruvchi 6 maslahat

O'qildi: 267


Xurrak haqida butunlay unutishga yordam beruvchi 6 maslahat

Xurrak atrofingizdagilarga noqulaylik tug‘dirish bilan birga salomatlik bilan bog‘liq ancha jiddiy asoratlarni ham keltirib chiqarishi mumkin.

Foto: Shutterstock

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, eng oddiy xurrak infarktning paydo bo‘lish xavfini 43 foizga oshirar ekan. Bugun biz sizga xurrak haqida butunlay unutish uchun nima qilish kerakligi haqida aytmoqchimiz.

Holatni o‘zgartirish

Xurrak ko‘pincha chalqancha holatda uxlashni afzal ko‘ruvchilarni ta’qib qiladi. Til xalqumga yaqinroq joylashadi va havoning normal aylanishiga to‘sqinlik qiladi va buning natijasida xurrak ovozi paydo bo‘ladi. Muammoni bartaraf qilish uchun o‘zingizni yonbosh holatda uxlashga o‘rgatishingiz kerak.

Baland yostiqlar

Yana bir yechimi — krovatning yuqori qismini ko‘tarish yoki boshning tagiga ko‘proq yostiqlar qo‘yish. Bunday holatda havoning aylanishiga hech narsa xalal bermaydi.

Shifokor yordami

Ba’zan shifokorga borishdan boshqa iloj qolmaydi. O‘pka kasalliklari, shamollash va hatto allergiya ham mo‘tadil nafas olishga to‘sqinlik qiladi, odam uyqusida og‘iz orqali nafas ola boshlaydi — bu xurrakning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Sport

Semirish — xurrakning eng keng tarqalgan sabablaridan biri. Xalqum juda nozik soha bo‘lib, hatto unchalik katta bo‘lmagan yog‘ miqdori ham uning to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishiga xalal beradi. Shuning uchun sport bilan shug‘ullaning!

Quruq havo

Ba’zida xurrak muammosining eng oddiy yechimi havo namlagich sotib olish bo‘ladi. Quruq havo nafas olish yo‘llarini doimiy ravishda qo‘zg‘atadi. Xonani shamollating, bu yordam berishi aniq.

Chekish

Nikotin doimiy qo‘zg‘atuvchi sifatida ishtirok etadi, buning natijasida burun-xalqumda surunkali yallig‘lanish reaksiyasi sodir bo‘ladi. Shuning uchun chekishni tashlaganingiz ma’qul.

Manba: Trendymen




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.