Qanday qilib shirinlik yeyishdan voz kechish mumkin?
O'qildi: 258
Shirinliklardan voz kechish juda qiyin, lekin buning iloji bor.
Foto: Shutterstock1. Ratsionga murakkab uglevodlar qo‘shing
Shirinliklar organizmda oddiy shakar holiga kelguncha tez parchalanadi va sizni yangi quvvat manbai axtarishga majbur qiladi. Yormalar ham oxir-oqibat oddiy shakar bo‘lib shakllanadi, lekin bu jarayon ancha uzoq davom etadi, shuning uchun siz uzoq vaqtgacha to‘q bo‘lib turasiz.2. Shakar iste’mol qilishni asta-sekinlik bilan qisqartiring
Choyga uch dona qandning o‘rniga avval ikki dona, keyin esa bir dona solishdan boshlang. Pishiriqni yaqinlaringiz bilan bo‘lishib yeng. Shirinliklardan lazzat olasiz, lekin shakarni ikki marta kamroq yeysiz.3. Shirinlik iste’mol qilishni ongli ravishda qiling
Muzqaymoqni shoshilinchda yemang, konfetlarni esa — kompyuter yonida. Chunki, bunda siz baribir to‘liq lazzat ololmaysiz, lekin shakarning bir porsiyasini yeysiz.4. Shirinlik yeyish bilan bog‘liq taomillardan voz keching
Masalan, hamkasblar bilan tushlikdan keyingi choy ichish, teatr bufetidagi pirojniy va boshqalar. Shirinliklar yeyishni boshqa biron bir unga bog‘liq bo‘lmagan narsa bilan almashtiring.5. O‘zingizni shirinliklar bilan mukofotlamang
Bu nosog‘lom aloqani shakllantiradi. Boshida siz muhim loyihani tamomlaysiz va tort sotib olasiz. Keyin stressli paytlarda pirojniy yeyishni boshlaysiz, chunki shirinlik sizga muvaffaqiyat va quvonchni eslatadi. O‘zingizni biron bir yeb bo‘lmaydigan narsa bilan rag‘batlantiring yoki shirinlikka sarflamoqchi bo‘lgan pulni yig‘ib qo‘ying.6. Shirinlikka bo‘lgan mayldan chalg‘ish yo‘llarini o‘ylab toping
Masalan, 50 marta o‘tirib-turish yoki chet tilida 10 ta so‘zni takrorlash mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, jismoniy yoki aqliy kuch ishlatishdan keyin shirinlikka bo‘lgan ehtiyoj kamayar ekan.Iroda kuchi va bu tavsiyalar sizga shirinlikka bo‘lgan maylni yengishga yordam beradi. Belgilangan maqsadingizdan chekinmang va organizmingiz sizga rahmat aytadi!
Manba: Rambler Weekend
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.