Salomatlik Salomatlik Depressiyaning davolash talab etiladigan 10 ta alomati

Depressiyaning davolash talab etiladigan 10 ta alomati

O'qildi: 327


Depressiyaning davolash talab etiladigan 10 ta alomati

Depressiya turli bo‘lishi — tug‘ruq jarayonidan keyingi, jarohat yoki yo‘qotishdan keyingi reaktiv depressiya va mavsumga xos bo‘lishi mumkin. Tadqiqotlarga ko‘ra depressiyadan erkaklardan ko‘ra ayollar ko‘proq aziyat chekishi aniqlangan.

Foto: UnwrittenOdatdagidan asabiy bo‘lib qolish

Avvallari siz ahamiyat bermagan narsalar endilikda asabingiz buzilishiga sabab bo‘lishi, kayfiyatingiz sababsiz o‘zgarishi mumkin. Tez achchiqlanish depressiyaning keng tarqalgan simptomlaridan biri sanaladi.

O‘tmishni qumsash

Vaqti-vaqti bilan o‘tgan yaxshi kunlarni eslashning yomon tarafi yo‘q, lekin o‘tmish bilan yashash yaxshi emas. Depressiyaga tushgan insonlar tez-tez o‘tgan kunlarni qumsaydi va hayotdagi qiyinchilik yoki yo‘qotishdan keyingi davrlarda nostalgiyani yengish mexanizmi sifatida ishlatadi.

Qabziyat

Tadqiqotlarda qabziyat va depressiya o‘rtasida aloqadorlik borligi aniqlangan. Unga ko‘ra 33 foiz qabziyatdan aziyat chekkan bemorlarda depressiyaning jiddiy belgilari kuzatilgan.

Qiladigan ish bo‘lmasa vahimaga tushish

Aksari odamlar ta’tilni intiqib kutsa, tushkunlikdagi odamlar aksincha vahimaga tushadi. Chunki bunday kishilar bekorchi qolganda vahimali o‘y va fikrlarga beriladi, ish yoki bandlik esa ularni chalg‘itadi.

Qanchalik urinsa ham diqqatni jamlay olmaslik

Negativ fikrlar diqqatni jamlay olmaslikka sabab bo‘lishi mumkin. Ba’zi vaqtlarda bu Diqqat yetishmasligi va giperfaollik sindromi(DEGS)sifatida noto‘g‘ri tashxis qo‘yilishiga ham sababchi bo‘lishi mumkin.

Odatdagidan ko‘ra tashqi ta’sirga beriluvchanlik

Tashqi ta’sirga beriluvchanlik depressiyaning keng tarqalgan simptomi bo‘lmasa ham, salomatlikda muammo borligidan darak berishi mumkin. Ammo ba’zi vaqtlarda bu tez qaror qilishga ongli ravishda urinishdan darak bo‘lishi ham mumkin.

Tushunarsiz og‘riqlarning kuzatilishi

Depressiyadagi odamlarning uchdan ikki qismi miya faoliyatidagi o‘zgarish sabab tushunarsiz jismoniy og‘riqni his qiladi. To‘g‘ri tashxis qo‘yishga xalal bergani sabab, mazkur simptom alohida e’tiborni talab qiladi. Chunki shifokorlar psixologik salomatlikda muammo borligi haqida bilmay turib faqatgina og‘riqqa qarshi davo ko‘rishi mumkin.

Aybdorlik hissini his qilish

Shifokor-psixiatrlar haddan ortiq darajada aybdorlikni his qilishni depressiyaning simptomi deb hisoblaydi. Bu turlicha namoyon bo‘lishi masalan, ma’lum loyiha ustida katta jamoa ishlayotgan taqdirda ham haddan ortiq darajada javobgarlikni his qilishingiz mumkin.

Psoriazning kuzatilishi

Psoriaz bu — surunkali yuqumsiz kasallik bo‘lib, teri, tirnoq va bo‘g‘imlardagi o‘zgarishlar bilan xarakterlanadi. Tadqiqotlarda 62 foiz mazkur kasallikdan aziyat chekkan odamda depressiya kuzatilgani aniqlangan.

Shaxsiy gigiyenada muammolar kuzatiladi

Depressiyaga berilgan odamlarning shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishida muammo kuzatiladi. Ruhiy tushkunlik sabab odamlardan uzoqda bo‘lishga harakat qilinadi. Shaxsiy gigiyenada muammo kuzatilishi esa depressiyaning belgilaridan biri sanaladi.

Agar yuqoridagi belgilardan ayrimlari sizda kuzatilayotganini payqagan bo‘lsangiz, befarq bo‘lmasdan shifokorga murojaat qilish tavsiya qilinadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.