Oshqozon osti bezi bezovta qiladiganlarga yeyish tavsiya qilinadigan mahsulotlar
Hazm jarayonida ahamiyatli bo‘lgan oshqozon osti bezi — glyukagon, somatostatin, polipeptidlar va insulin gormonlarini ishlab chiqarilishida muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, undagi fermentlar oshqozondagi kislotali muhit hamda ichaklar faoliyatini yaxshilaydi. Uning salomatligi bilan bog‘liq muammolar kuzatilmasligi uchun shifokor ko‘rigidan o‘tib turish kerak. Shuningdek, taomnomaga quyidagi mahsulotlarni kiritish ham samara beradi.
Foto: Fine Art AmericaBrokkoli
Flavonoidga boy bo‘lgan ushbu mahsulot oshqozon osti bezi hujayralarini himoya qilish xususiyatiga ega. Doimiy ravishda brokkoli iste’mol qilgan kishilarda oshqozon osti bezi saratoni kuzatilish ehtimoli kam bo‘ladi.
Sarimsoq piyoz
Allium oilasiga kiruvchi piyoz va sarimsoq piyozlar tarkibida yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega allitsin bo‘ladi. U immun sistemasini mustahkamlaydi, viruslar yo‘q bo‘lishida ahamiyatli bo‘lgan T-limfotsitlarni sintez qilinishini rag‘batlantiradi hamda saratonga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
Kartoshka
Kartoshka tarkibidagi beta-karotin unga yorqin rang beradi. Beta-karotin me’da osti bezi salomatligida muhim rol o‘ynaydigan kuchli antioksidant hisoblanadi. Boshqa olovrang va sariq meva-sabzavotlar ham beta-karotinni ichiga oladi. Sabzi, sitrus mevalar va makkajo‘xori ham shular jumlasidan.
Qizil uzum
Resveratrolga boy bo‘lgan uzum, yallig‘lanish xavfini kamaytiradi, qon-tomirlar shikastlanishining oldini oladi. Antioksidantlar saraton hujayralarini o‘ldirishi mumkin, shu sabab har kuni uzumning qizil ranglisini iste’mol qilib turish tavsiya qilinadi.
Rezavorlar
Chernikadan tortib maymunjongacha bo‘lgan rezavorlar tarkibida antioksidantlar yuqori bo‘ladi. Ushbu oziq moddalari me’da osti bezini oksidlovchi stressdan yaxshi saqlaydi, shuningdek, saratonning ham oldini olishi mumkin.
Ismaloq
Oshqozon osti bezi to‘g‘ri ishlashi uchun B vitamin va temir moddasiga ehtiyoj seziladi. Ismaloqda esa ushbu muhim moddalarning har ikkisi bor. Shu sabab uni taomlarga qo‘shish yoki salat tayyorlab iste’mol qilish kerak.
Tofu
Vegetarian parhezidagi taomlarda ko‘p ishlatiladigan tofu oshqozon osti bezi salomatligi uchun muhim hisoblangan oqsilning koni. Yog‘li taomlar oshqozon osti bezini ishdan chiqargani sabab ham tofu ushbu a’zo uchun ayni muddao, chunki uning tarkibida yog‘ miqdori juda ham oz. Yuqorida nomi tilga olingan mahsulotlar kasallikni yengishda ahamiyatli bo‘lgan immun tizimini ham mustahkamlaydi.
Manba