Nima sababdan magniy moddasi hammaga kerak?
Yurak, mushaklar, oqsil sintezi, ichaklar faoliyatini yaxshilanishi va asab impulslari uchun ahamiyatli hisoblangan magniyning yetishmasligi yurak qon-tomir kasalliklari, metabolizm sindromlari(semirish, gipertoniya, qandli diabet, yurak ishemik kasalliklari)ni keltirib chiqaradi. Uni qabul qilish insulin, glyukoza hamda gemoglobinni me’yorlashtiradi.
Foto: “Yandeks Dzen”Go‘sht, baliq, qovoq, zanjabil, yong‘oq, grechka esa ushbu moddaning koni sanaladi. Ammo foydali hisoblangani bilan magniy yetishmasligini to‘laqonli qoplamaydi. Uning yetishmovchiligiga dori vositalaridan: statinlar, antibiotiklar, siydik haydaydigan va ingibitorlar sabab bo‘lishi mumkin. Magniy yetishmasligini xavfsiz va samarali qoplashning yo‘li tabiiy magniyli suv va sulfat magniyli vanna hisoblanadi. Qo‘shimcha sifatida iste’mol qilish uchun esa shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Magniyni qabul qilish mumkin bo‘lgan shakllari esa quyidagilardan iborat:
Magniy glitsinat
Diareya keltirib chiqarmasdan, suyaklar yallig‘lanishiga qarshi ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega. Uyquni yaxshilaydi, ichak devorlari o‘tkazuvchanligini kamaytiradi.
Magniy orotat
Spazmolitik, trombolitik va antiaritmik ta’sirga ega. Miokard infarkti, aritmiya, yurak yetishmovchiligi hamda aterosklerozda foyda beradi. Orot kislotasi hazm jarayonini, regeneratsiya va yurak mushaklari oqsili sintezini yaxshilaydi. Ammo jigar sirrozi va siydik yo‘li tosh kasalliklarida qabul qilish tavsiya qilinmaydi.
Magniy sitrat
Magniyning limon kislotasi bilan qo‘shilishi uning to‘g‘ridan to‘g‘ri mitoxondriyaga ta’sir qilishini ta’minlaydi. Ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi, qabziyatda ham samara beradi. Ammo gemoglobini past bo‘lgan bemorlarga tavsiya qilinmaydi⠀
Noorganik magniy oksidi eng ko‘p tarqalgan, ammo ta’sir ko‘lami kam variant hisoblanadi. Tarkibida magniy ko‘p bo‘lishi bilan so‘rilishi va ta’siri kam, ichak devorlarini zararlashi mumkin. Magniy B6 vitamini bilan yaxshi so‘riladi. B guruh vitamini yetishmasligi esa magniy yetishmasligiga olib keladi. Shu sababdan ham ularni birga masalan, B guruhi vitaminlarini tongda, magniyni esa kechasi qabul qilgan yaxshi.
Manba