Salomatlik Goʼzallik Prigojinning qabriga yig‘ilganlar, “Och arvohlar” festivali, hokimiyatni qo‘lga olgan harbiylar — 30-avgust suratlari

Prigojinning qabriga yig‘ilganlar, “Och arvohlar” festivali, hokimiyatni qo‘lga olgan harbiylar — 30-avgust suratlari

O'qildi: 197


Prigojinning qabriga yig‘ilganlar, “Och arvohlar” festivali, hokimiyatni qo‘lga olgan harbiylar — 30-avgust suratlari

Ko‘z atrofidagi joy eng nozik teridir, shuning uchun u parvarish va bo‘yanish mahsulotlarini ehtiyotkorlik bilan tanlashni talab qiladi. Xatolikka yo‘l qo‘ysangiz, darhol buning natijasi unda aks etadi. Kosmetologiya sohasi bo‘yicha ekspert mutaxassis yordamida aynan ko‘z atrofiga qo‘llanmasligi kerak bo‘lgan go‘zallik mahsulotlari haqida so‘z yuritamiz, deb yozadi Marie Claire nashri.

Tana yoki qo‘l kremi

Maxsus ko‘z atrofiga mo‘ljallangan krem qarishga qarshi parvarish bo‘yicha eng muhim vositalardan biri ekanligini tushunish muhimdir. Ko‘pincha qizlar qarishga qarshi ta’sirga ega bo‘lish umidida bu sohaga qo‘l kremini surtishadi. Shuni yodda tutish kerakki, ko‘z ostidagi teri bir necha marta yupqa va unda teri osti yog‘ bezlari deyarli yo‘q. Shuning uchun u qora doiralar va shish paydo bo‘lishiga moyil. Bu sohaga alohida krem ​​va svorotkalar ishlatgan ma’qul.

Gialuron kislotali krem

Ajinlar va ko‘z atrofidagi “qarg‘a oyoqlariga” qarshi kurashda ayollar o‘zlarining fikricha, ko‘z ostidagi namlikni oshiradigan har qanday tarkibiy qismlarni o‘z ichiga olgan kremlarni qidira boshlaydilar. Aslida, ko‘z atrofidagi maydonga gialuron kislotasini o‘z ichiga olgan odatiy krem qo‘llanilishi mumkin emas.

E’tibor qaratish lozimki, krem ​​maxsus, ya’ni faqat ko‘z atrofi uchun mo‘ljallangan — tarkibida antioksidantlar, ko‘z atrofidagi terini tortadigan va ajinlarni tekislaydigan maxsus aminokislotalar yoki peptidlar mavjud bo‘lsin.

Ideal yechim vitamin C, niatsinamid, peptidlar yoki keramidlardan iborat kremdir. Bu komponentlarning barchasi terini to‘ldiradi va ko‘z ostidagi doiralarni sezilmasligi uchun kurashadi. Vitamin K, ko‘k choy ekstrakti yoki polifenollar kabi komponentlar shishni yengillashtiradi va ko‘z atrofidagi terini yoshartiradi.

Yodingizda bo‘lsin, shish paydo bo‘lishining oldini olish uchun har qanday svorotka va kremlar ko‘z atrofiga uyquga yotishdan yarim soat oldin qo‘llanilishi kerak.

Foto: Marie Claire

 

Gidrogel patchlari

Gidrogel patchlari Koreya va Yaponiyadan bizgacha yetib kelgan mashhur go‘zallik mahsulotidir. Bu teri uchun haqiqiy topilma bo‘lib tuyuladi, lekin aslida unchalik emas. Ko‘p odamlar uchun gidrogel patchlari qarshi ko‘rsatmaga egadir, chunki ular ko‘z atrofidagi terini namlantirmaydi, aksincha, namlikni yo‘qotadi. Shu sababdan ulardan tez-tez foydalanishimiz nozik teri dermatitiga yoki shishishning kuchayishiga moyil qilib qo‘yishi mumkin.

Yog‘lar

Ko‘z atrofidagi teriga turli yog‘lardan surtish tavsiya etilmaydi. Ko‘plar teriga yog‘ surilganda u yoshartiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, deb o‘ylaydi. Biroq bunday ta’sir yuz bermaydi. Bundan tashqari, u faqat terida keraksiz qatlam hosil qiladi va uning nafas olishini qiyinlashtiradi.

Tonal krem

Uyqusizlik belgilarini yashirishga urinishda odatiy tonal kremi tez-tez ishlatiladi. Aslida tonal krem bu sohada foydalanish uchun mo‘ljallanmagan. Oqibatda, u nafaqat tashqi kamchiliklarni bo‘rttiribgina qolmay, balki terini quruqlashtiradi. Bu holda, faqat terining turiga mos keladigan variant — konsiler bo‘lishi mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.