Salomatlik Goʼzallik Soch parvarishi — xalqona vositalar, usullari, tavsiyalar, sochlarni mustahkamlash

Soch parvarishi — xalqona vositalar, usullari, tavsiyalar, sochlarni mustahkamlash

O'qildi: 279


Soch parvarishi — xalqona vositalar, usullari, tavsiyalar, sochlarni mustahkamlash
Parvarishlangan soch nafaqat go’zallik atributidir. Porloq va quyuq sochlar kishi salomat ekanligidan dalolat beradi. Sochlarni qanchalik tez-tez yuvish kerak, soch uchun shampun qanday tanlanadi, sochni yuvish uchun suvning optimal harorati qanday? Shu va boshqa savollarga soch parvarishi haqidagi maqolada batafsil to’xtalib o’tiladi.
Sochlaringiz yanada hajmliroq ko’rinishini istasangiz, ularni yuvganingizdan keyin qichitqi o’t (gazanda) damlamasi bilan chayish kerak. Buning uchun 50 gramm maydalangan qichitqi o’t va qariqiz ildizi olinadi, teng miqdorda aralashtiriladi va 400 ml qattiq qaynayotgan suvda qaynatiladi. Damlamani yigirma daqiqa davomida qaynating, tindirib, suzib oling va uni sochingizni chayqaydigan suvga qo’shing. Sochni parvarish qilish uchun xalqona vositalar — eng amaliy variantidir. Sochlarni parvarishlash uchun uy sharoitida tayyorlanadigan vositalarda turli xil kimyoviy qoshimchalar bo’lmaydi, demak ular soch tuzilishiga zarar yetkazmaydi.  Bundan tashqari, sochlarni parvarish qilish bo’yicha xalqona retseptlar hamma uchun manzur, chunki ularni tayyorlash uchun masalliqlar sotib olinadigan qimmatbaho tayyor vositalardan ancha arzon.

Sochlarni uy sharoitida parvarishlash uchun vositalar

Keling, uyda o’zingiz tayyorlashingiz mumkin bo’lgan eng mashhur sochni parvarish qilish vositalarini ko’rib chiqamiz

Bo’yalgan sochlarni parvarish qilish uchun losyon retsepti

Masalliqlar: 50 ml dan etil spirti va distillangan suv, 35 tomchi choy daraxti moyi. Tayyorlanishi: suvga spirt va choy daraxti moyini qo’shing. Yaxshilab aralashtiring. Qo’llash: Ishlatishdan oldin, losyonni chayqatib, nam soch ildizlariga yaxshilab surting. Losyon ayniqsa tez-tez bo’yalishdan charchagan sochlar uchun tavsiya etiladi.

Sochni mustahkamlash uchun malham

Masalliqlar: 1 osh qoshiq quritilgan qariqiz ildizi, 200 ml suv, 75 g hayvon (ichki) yog’i, 10-12 tomchi choy daraxti moyi. Tayyorlanishi: Qariqiz ildizlari maydalanib, ustidan qaynoq suv quying va past olovda qaynatishga qo’ying. Damlama suyuqlikning yarmi bug’lanib ketganida, uni hayvon yog’i bilan aralashtiring va aralashtirib turgan holda, 5 daqiqagacha qizdirishda davom eting. Tayyor bo’lgan aralashmaga choy daraxti moyini qo’shing. Yaxshilab aralashtirib, mahkam yopiq qopqoqli idishga soling, so’ng yog’li asos o’simlik tarkibi bilan to’yinishi uchun issiq pech yoki duxovkaga qo’ying. Qo’llanilishi: Sochni mustahkamlash uchun malhamni issiq hoda, toza, yuvilgan sochlar ildizlariga surtib qo’llang.

Soch uchun konditsioner tayyorlash

Masalliqlar: 2 osh qoshiq kokos moyi (bodom yoki jojoba moyi ham ishlatish mumkin), 15 tomchi lavr (dafna) moyi, 6 tomchidan lavanda va rozmarin moylari. Tayyorlanishi: asos-moyga lavr moyini, keyin lavanda va rozmarin moyini qo’shing. Tayyor aralashmani yaxshilab chayqatib, isitish uchun 2-3 daqiqa davomida issiqroq suv solingan idishga joylashtiring. Qo’llanilishi: To’q rangli sochlarga aralashmani ehtiyotkorlik bilan surting, terini massaj qiling, boshini polietilen, ustidan sochiq bilan o’rang. 30 daqiqa kutib turing, so’ng soch turingiz uchun mos keladigan shampun bilan yaxshilab yuvib tashlang. Qichitqi o’t damlamasi bilan chayish mumkin.

Soch parvarishi uchun pivo achitqilari

Pivo achitqilari (rus. пивные дрожжи) haqida ko’pchilik eshitgan, uning sochlarga ham foydasi tegadi. Ularni nafaqat tashqi qo’llash, balki ichga qabul qilish ham mumkin. Pivo achitqilari tarkibida muhim aminokislotalar, B, D, E, K guruh vitaminlari, foydali mikroelementlar — magniy, kaltsiy, mis, rux, marganets, temir, fosfor, shuningdek qarishni sekinlashtiradigan ribonuklein kislota (RNK) mavjud. Bu vosita qabul qilinganida sochlarni parvarishlaydi, o’sishiga yordam beradi, shuningdek ugrilarni yo’qotadi. Ular ishtahani biroz kuchaytiradi, shu sabab, ortiqcha vazn olmaslik uchun ovqat miqdorini avvalgidek qoldirish tavsiya etiladi. Ichish uchun tabletkalarni dorixonalardan sotib olish mumkin. Pivo achitqilaridan soch uchun niqob tayyorlash mumkin. Buning uchun o’rtacha kattalikdagi piyoz sharbatiga 0,5 choy qoshiq chakamug’ moyi, 0,5 choy qoshiq osh tuzi, 1 osh qoshiq iliq suvda eritilgan pivo achitqilari qo’shiladi. Masalliqlar yaxshilab aralashtiriladi, so’ng 15-20 daqiqaga sochlarga surtiladi. Keyin iliq suvda yuvib tashlanadi.

Manba: Mymedic



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.