Qanday qilib ota-onalarning xatti-harakatlari bolaning fe’l-atvorini shakllantiradi?
Olimlar bolalar o‘z ota-onalarining so‘zlaridan emas, balki yurish-turishlaridan o‘rganishlarini isbotladilar. Agar siz bolaga saboq bermoqchi bo‘lsangiz, buni o‘zingiz shaxsan o‘rnak ko‘rsatish yordamida amalga oshiring.
Foto: FlickrBolalar ota-onalaridan faqat ularning genlarini meros qilib olmaydi. Kattalarning xatti-harakatlarini kuzatar ekan, bolalar ularning shaxsiy fazilatlarini masalan, tirishqoqlik va intiluvchanlikni o‘zlashtirib oladilar.
Massachusets texnologiya instituti olimlari katta odamning qanday qilib qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli yengayotganini ko‘rgan bola keyinchalik biron-bir vazifani bajarishda o‘z intiluvchanlik fazilatini namoyon qilishini aniqladilar.
“Bolalar mantiqiy xulosaning ayni qismlaridan dunyoni o‘rganish uchun ham, va bu dunyodagi o‘z xatti-harakatlarini o‘zgartirish uchun ham foydalanadilar, — deb tushuntiradi bu tadqiqotni o‘tkazuvchi olimlardan biri Lora Shuls. — Bizning qiliqlarimiz bolalarning fe’l-atvoriga qanchalik kuchli ta’sir ko‘rsatishini anglamaymiz. Bizni kuzatar ekan, ular o‘zlari uchun tegishlicha xulosa chiqaradilar”.
Tadqiqotlarda 13 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 262 nafar uch guruhga ajratilgan bolalar qatnashdilar.
Birinchi guruhda ilmiy xodim o‘zini xuddi ikkita o‘yinchoqni uzoq vaqt yig‘ishtirishga urinayotgandek, keyin esa bolalar yordamida buni amalga oshirgandek qilib ko‘rsatdi. Ikkinchi guruhda xodim oddiygina qilib ikkita o‘yinchoqni yig‘ishtirib oldi. Uchinchi guruhda esa u umuman hech narsa qilmadi.
Shundan keyin har bir bolaga kichkina musiqali o‘yinchoq berib chiqishdi. Bolalarga undagi musiqani qo‘yish mumkinligini aytishdi, lekin bu qanday qilinishini o‘rgatishmadi. Musiqani qanday qo‘yishni fahmlaganlar, hammadan ko‘p birinchi guruhda bo‘ldi. Boshqacha qilib aytganda, kattalarning tirishqoqligini kuzatgan bolalar bu masalani yechishning uddasidan chiqishdi.
Manba: “Layfxaker”
Manba