Salomatlik Salomatlik Teshik ichak sindromi: nozik muammoning 7 belgisi

Teshik ichak sindromi: nozik muammoning 7 belgisi

O'qildi: 358


Teshik ichak sindromi: nozik muammoning 7 belgisi

To‘g‘risini aytganda, teshik ichak sindromi kasallik hisoblanmaydi. Ammo u bilan yashaydiganlar uchun ham osonmas: agar ichak shilliq qavati shikastlangan bo‘lsa, uning tarkibidagi katta zarralar muntazam ravishda qon oqimiga kirishi mumkin. Tabiiyki, bu insonning o‘zini his qilishiga ta’sir qiladi va eng achinarlisi, sog‘liqdagi muammolarning sababini aniqlash uchun juda ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. Teshik yoki ta’sirlangan ichak sindromining eng keng tarqalgan belgilari bir qancha. Agar quyidagi alomatlarning bir qismi yoki barchasi muntazam ravishda kuzatilsa, darhol shifokor bilan maslahatlashish lozim.

Foto: “Domashniy ochag”

Ba’zi mahsulot yoki taomlarga sezgirlik

Agar ovqatlanishdan keyin tez-tez noqulaylik hissi paydo bo‘lsa, tekshiruvdan o‘tish lozim: navbatma-navbat sut mahsulotlari, tuxum, makkajo‘xori, glyuten, sitrus mevalar va soyani ratsiondan chiqarish lozim. Ikki-uch hafta davomida ushbu mahsulotlarning har birini iste’mol qilmaslikka harakat qilish va holatdagi o‘zgarishni baholash kerak. Agar biror-bir mahsulot chiqarib tashlangandan so‘ng noqulaylik hissi bartaraf bo‘lsa, demak, yuqori sezuvchanlik mavjud. Bu esa teshik ichak sindromining eng ishonchli belgilaridan biridir.

Glyuten bilan bog‘liq muammo

Bu haqda yuqorida ham aytib o‘tildi. Non, makaron yoki guruch mahsuloti iste’mol qilingandan keyin sustlik, qorin dam bo‘lishi yoki me’da buzilishi kuzatilsa, oqsilga qarshi kelishmovchilik bo‘lishi mumkin. Ba’zida bu autoimmun kasallik bo‘lishi ehtimoli ham yo‘q emas, lekin ko‘pincha glyuten ich ketishini qo‘zg‘atuvchi sabab bo‘lishi mumkin.

Bo‘g‘imlarda og‘riq

Revmatoid artrit bo‘g‘imlardagi og‘riqning umumiy sababidir, ammo har doim ham emas. Ba’zida bo‘g‘imlarning og‘rishi teshik ichak sindromining alomati bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, agar revmatolog bo‘g‘imlar holatidan biror muammo topa olmasa-yu, og‘riq davom etsa, u holda gastroenterologga murojaat qilish kerak.

Ovqat hazm qilish bilan bog‘liq doimiy muammolar

Surunkali ovqat hazm qilish buzilishi, doimiy ko‘ngil aynishi, qorin dam bo‘lishi – bu alomatlar bemorlarni yillar davomida bezovta qilishi mumkin. Afsuski, ushbu sindrom bilan yashayotganlarning ko‘pchiligi ovqat hazm qilish muammolarini e’tiborsiz qoldirib yoki qandaydir tarzda ularga moslashishga harakat qilib, shifokorga bormaydi.

Doimiy husnbuzarlar

Microbiology nashrida 2018-yilda chop etilgan tadqiqot teshik ichak sindromi va husnbuzar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladi. Bundan tashqari, mutaxassislar ba’zi hollarda ekzema va hatto psoriaz kasalligi ham ushbu kasallik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.

Qonda shakar miqdorining ko‘pligi

Agar ichak tarkibidagi zarralar muntazam ravishda qon oqimiga kirsa, bu yallig‘lanishga olib kelishi mumkin va natijada hujayralarning insulinga sezgirligini yomonlashtiradi. Bu, o‘z navbatida, qonda shakar miqdorining doimiy o‘sishiga olib kelishi mumkin. Agar doimiy ravishda qonda shakarning oshish alomatlari bo‘lsa, ichaklarni tekshirish tavsiya etiladi.

Teshik ichak sindromini davolash mumkinmi?

Albatta, tashxis qo‘yilgach, keyingi qadam ichak to‘qimalarining yaxlitligini buzadigan qo‘zg‘atuvchini aniqlashdir. So‘ngra qo‘zg‘atuvchi oziq-ovqatlar ratsiondan chiqarib tashlanadi va shifokorlar hujayralarni qayta tiklashga yordam beradigan glyutamin qo‘shimchasini tavsiya qiladi. Yaxshiyamki, ichak to‘qimasi tanadagi eng tez shifo topadigan to‘qimalardan biridir, shuning uchun ichak salomatligi tezda tiklanadi.

Mavzuga doir:

  • Oshqozon bezovta qilganda va jig‘ildon qaynaganda nima qilish kerak?
  • Gastroenterologdan tavsiya: hazm jarayoni me’yorda bo‘lishi uchun taomnomaga kiritish kerak bo‘lgan 8 mahsulot
  • Qabziyatga qarshi kurashda yordam beradigan 6 tabiiy usul


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.