Salomatlik Salomatlik Parhezsiz 5 kilo ozishga yordam beradigan 6 mahsulot

Parhezsiz 5 kilo ozishga yordam beradigan 6 mahsulot

O'qildi: 282


Parhezsiz 5 kilo ozishga yordam beradigan 6 mahsulot

Parhez qilmay turib, vazn tashlash mumkin emas deb o‘ylaganlar yanglishadi. Salomatlik uchun foydali bo‘lgan mahsulotlarni ratsionga kiritish orqali ham ijobiy natijaga erishsa bo‘ladi. “Domashniy ochag” nashri bu borada yordam beradigan mahsulotlar haqida ma’lumot berib o‘tadi.

Foto: “Domashniy ochag”

Qahva

Qahva, ayniqsa, tonggi mashg‘ulotlardan 1 soat avval iste’mol qilinsa, yaxshi ta’sir qiladi, jismoniy mashg‘ulotlarning samarasi 15 foizga oshadi. Aslida, metabolizmni yaxshilab, yog‘larni yaxshi eritgani hisobiga mashg‘ulotlarsiz ham foydali hisoblanadi.

Banan

Ushbu meva nafaqat qomat, balki yurak faoliyati uchun ham foydali. Atigi bir donasi organizmni kaliyning kunlik me’yori bilan ta’minlaydi.

Tuxum

Qorinni to‘q tutgani va ortiqcha ovqatlanishning oldini olgani sabab ham tuxum nonushta uchun ayni muddao hisoblanadi. Uning sarig‘ida organizm uchun muhim bo‘lgan D vitamini bisyor.

Chernika

Suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqa yoki yogurtga qo‘shib iste’mol qilingan chernika nafaqat ozishga yordam beradi, balki miya va qon tomirlar salomatligi uchun ham muhim sanaladi. Uning tarkibidagi antioksidantlar salomatlik va uzoq umr ko‘rish uchun foydali.

Choy

Qora, ko‘k choy yoki shunchaki yalpiz va moychechakdan damlangan choy ozishga yordam beradi. Antioksidantlar metabolizmni jadallashtiradi, yalpizning xushbo‘y ifori esa ochlik hissini, moychechak esa stressni kamaytiradi.

Sut mahsulotlari

Sut tarkibidagi yog‘ kislotalari foydali moddalarning balansda bo‘lishini ta’minlab, metabolizmni jadallashtiradi. Oqsilga boy ekani hisobiga qorinni to‘q tutadi va ortiqcha ovqatlanishning oldini oladi.

Mavzuga doir:

  • Shirinliklar bilan parhez: Vazn tashlayotganda nimalar bilan tamaddi qilsa bo‘ladi?
  • Tez ozmoqchisiz?Bunday qilmaslik uchun 9 sabab
  • Made in Japan: Yaponcha parhez nima va unga amal qilish orqali qanday natijaga erishish mumkin?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.