Salomatlik ko‘zgusi: ko‘zlardan aniqlash mumkin bo‘lgan kasalliklar
Bir qarashda, oftalmolog faqat ko‘z kasalliklarini tashxislashi mumkindek tuyulishi mumkin, ammo aslida vaziyat biroz boshqacha. Masalan, ko‘z soqqasi va tashqi holatini tekshirish vaqtida mutaxassis tananing umumiy holati bilan bog‘liq bir qator muammolarni osongina aniqlay oladi. Oliy toifali oftalmolog-jarroh, Spectr oftalmologiya klinikasi rahbari Arseniy Aleksandrovich Kojuxov buni qanday aniqlash haqida ma’lumot beradi.
Foto: Getty ImagesKo‘zlar salomatligini yuqori darajada kattalashtiruvchi va maxsus yorituvchi mikroskop konyunktivit shohparda va ko‘z qovoqlari yuzasi, ko‘zning optik holatini batafsil tekshirishga imkon beradi. Shu bilan birga, tibbiyot uzoq vaqtdan beri ularning holati tanadagi ichki jarayonlar, shu jumladan, kasalliklar va patologiyalar haqida ko‘p narsalarni aytib berishi mumkinligini ham aniqlagan.
Qon tomirlari shikastlanishi
To‘r pardadagi patologik belgilar(qon ketishi, mikroanevrizmalar, mayda qon tomirlari shikastlanishi)davrimizning eng dahshatli kasalliklaridan biri bo‘lgan qandli diabet alomatlari bo‘lishi mumkin.
Shish
Ko‘zning holatidan kelib chiqib ham arterial gipertenziya(yuqori qon bosimi)ni aniqlashi mumkin. Agar qon bosimi tez-tez va sezilarli darajada oshsa, tiqilib qolgan kichik tomirlar, retinal shish, katta tomirlar trombozi ko‘z soqqasida ko‘rinib turadi.
Qizarish
Qizargan, biroz shishgan ko‘zlar va qovoqlar odatda allergik reaksiya yoki yallig‘lanish jarayonini bildiradi, sababi esa imkon qadar tezroq aniqlanadi.
Foto: Getty ImagesPigmentatsiya
Yaqqol belgi — ko‘zning oq shilliq qavatida paydo bo‘ladigan sarg‘ish dog‘lar ko‘pincha jigar, o‘t pufagi bilan bog‘liq muammolarni ko‘rsatadi. Bundan tashqari, rivojlanayotgan gepatit haqida signal berishi mumkin.
Ko‘zlar rangiga e’tibor qaratish lozim: uning o‘zgarishi yoki qora pigmentli nuqta paydo bo‘lishi eng xavfli onkologik kasalliklardan biri bo‘lgan — melanoma rivojlanayotganini bildiradi.
Ko‘rish qobiliyatining buzilishi
Ko‘rish qobiliyatining buzilishi har doim ham faqat ko‘zdagi muammolar bilan bog‘liq emas. Asab tizimining skleroz, insult, miya shishi kabi kasalliklarga moyilligi tufayli optik asab normal ishlashini to‘xtatadigan holatlar mavjud. Shuning uchun bu holatda qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tgan ma’qul.
Shu bilan birga, ko‘rishning buzilishi o‘zini yomon his qilish va bir qator kasalliklar sabablariga aylanishi mumkin. Masalan, uzoqni ko‘ra olmaslik yoki akkomodatsiya spazmi tufayli odam ko‘pincha qattiq bosh og‘rig‘ini boshdan kechiradi. Ayniqsa, bolalarda ikkala ko‘zning ko‘rishdagi katta farq g‘ilaylikka olib kelishi mumkin. Bunday holatda ko‘zoynak, kontakt linzalardan foydalanish, lazerli davolash yoki jarrohlik amaliyoti talab qilinadi.
Mavzuga doir:
- Ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga yordam beradigan vitamin va minerallar
- Oftalmologga murojaat qilish kerakligidan darak beruvchi 7 simptom
- Bodomning salomatlik uchun foydali xususiyatlari
Manba