Ko‘zlar salomatligini asrash uchun nimalar qilish kerak?
Hozirgi zamonda nafaqat ish kunlarini, balki dam olish kunlarini ham kompyuter, smartfon va boshqa turli gadjetlarsiz tasavvur eta olmaymiz. Ko‘zlarimiz o‘zlari uchun noqulay holatga ko‘nikib qolgan, biz esa ko‘zlardagi qizarish, quruq bo‘lib qolish, achishish va bosh og‘rig‘i kabi belgilarni e’tiborsiz qoldiramiz. Afsuski, bu ertami-kechmi ko‘rish qobiliyatining yomonlashuviga olib keladi.
Foto: “Zdorovie.com”Ko‘rish qobiliyati, ko‘zlar salomatligi va go‘zalligini asrash uchun nima qilish kerak?
- Avvalambor, ish joyini to‘g‘ri tashkil etish lozim
- Har ikki soatda tanaffus qilib turing
- Ko‘zlar uchun maxsus mashqlarni bajaring
Bunda boshni tik tutib, dastlab 1—2 daqiqa davomida nigohingizni navbat bilan tepaga, pastga, o‘ngga, chapga yo‘naltiring. So‘ng ko‘zlarni yumib va boshni to‘g‘ri tutib, turli shakllarni “chizgan” holda ko‘z soqqangizni aylantiring.
Keyingi mashqni bajarish uchun nigohingizni avval xonaning pastki chap burchagiga qadang, so‘ng yuqori o‘ng, pastki o‘ng va yuqori chap burchaklarga qarang hamda pastki chap burchakka qaytib keling. Shu tarzda “sakkiz” chizib, so‘ng uni teskari tartibda takrorlang.
Mashqlar so‘ngida ko‘zlarni 2—3 soniya mobaynida qattiq yuming.
- Ovqatlanish ratsioningizga ko‘rish qobiliyatini tiklashga yordam beruvchi mahsulotlarni kiriting
- Ko‘zlar salomatligi uchun maxsus vitamin va minerallar kompleksini qabul qiling
Bundan tashqari, ko‘zlaringiz sog‘lig‘i bilan bog‘liq ba’zi holatlarga e’tiborsiz bo‘lmang. Bu borada kichik tavsiyalar bilan tanishing:
- Ko‘zlaringiz osti salqib qolgan bo‘lsa, choy paketchalari yordamida buni bartaraf etish mumkin. Ishlatib bo‘lingan paketchali choyni tashlab yubormang, sal sovigach, uni ko‘zlaringiz ustiga qo‘ygan holda 15 daqiqacha yotib dam oling. Paketchali choy bo‘lmasa, uning o‘rniga iliq romashka qaynatmasida ho‘llangan paxtani qo‘llash mumkin;
- Ko‘zlar charchaganda ular uchun suv massaji tashkil etish mumkin. Buning uchun sovuq suvga botirib olingan barmoqlaringizdagi suvni ko‘zlaringizga qarata sachrating;
- Qovoqlaringiz shishsa, ular ustiga archilgan xom kartoshka bo‘lagini qo‘yib, 15—20 daqiqa ushlab turing.
Manba