Bola kasal bo‘lganida berish mumkin bo‘lgan 4 ichimlik
Shamollash vaqtida ko‘p suyuqlik ichish kerakligi haqida hammamiz bilamiz. Lekin qanday ichimliklar ichish kerak?
Foto: FlickrBiz kasal bola uchun ham mazali va ham foydali bo‘lgan bir necha ichimliklar haqida aytmoqchimiz.
Bolani davolashda amalga oshiriladigan hamma amallar, shu jumladan tabiiy vositalarni qo‘llash ham shifokor maslahatiga asosan bo‘lishi kerak. Agar bolaning harorati 38 darajadan yuqori bo‘lsa, yaxshisi issiq ichimliklardan voz kechish kerak.
Eng muhimi: bola issiq ichimlikni qabul qilgandan keyin issiq joyda o‘tirishi kerak.
Maqsadga erishish(toksinlarni chiqarish)uchun ichimlikning iliq bo‘lishi ham kifoya qiladi.
Asalli choy. Bir piyola choyga ikki choy qoshiq asal yetarli bo‘ladi. Asalni undan ko‘proq qo‘shsangiz allergiya qo‘zg‘atishi mumkin. Suyuqlikning harorati 40 darajadan yuqori bo‘lmasligi kerak, chunki asal issiq suvda o‘z foydali xususiyatlarini yo‘qotadi.
O‘simlik choylari. Moychechak, kalendula, toshcho‘p, kalina, smorodina barglari va na’matak kabi o‘simliklardan shamollashga qarshi ajoyib ichimliklar tayyorlash mumkin. Ularni alohida-alohida ham, birgalikda ham damlash mumkin. Bu o‘simliklarning har biri yallig‘lanishga qarshi va isitmani pasaytirish xususiyatlariga ega.
Lipa choyidan ehtiyotlik bilan foydalaning: ichimlikni kam dozalarda qabul qilish kerak, chunki u bolada asabiylik holatini keltirib chiqarishi mumkin. Kunni lipa choyini ichish bilan o‘tkazsangiz – tunni albatta uyqusiz kechirishingiz turgan gap.
Olxo‘ri qoqi, turshak kabi quruq mevalardan tayyorlangan ichimliklar ham juda foydali. Lekin ularni tayyorlashda shakarni ko‘p qo‘shib yubormang.
Klyukvali mors – shamollashga qarshi ichimliklar orasida eng foydalilaridan biri hisoblanadi: rezavor meva vitaminlarga juda boy va bakteriyalarni qirish xususiyatiga ega.
Manba: “7ya.ru”
Manba