Salomatlik Ayollar uchun Murosali, to‘g‘ri va mustaqil. Erkaklar ayollardagi qanday jihatlarni qadrlaydi?

Murosali, to‘g‘ri va mustaqil. Erkaklar ayollardagi qanday jihatlarni qadrlaydi?

O'qildi: 335


Murosali, to‘g‘ri va mustaqil. Erkaklar ayollardagi qanday jihatlarni qadrlaydi?

Har bir ayol va qiz o‘ziga xos bo‘ladi. Kimdir aqli bilan boshqalarni lol qoldirsa, kimnidir go‘zalligi yoki insoniy xususiyatlari befarq qoldirmaydi.

Foto: “Vix.com”

Quyida ayollarda hurmat qilsa arziydigan, erkaklar qadrlaydigan xususiyatlar haqida gaplashamiz.Mustaqil

O‘zini o‘zi eplaydigan, arzimagan narsalar uchun boshqalarga bo‘yin egib o‘tirmaydigan ayollarni hurmat qilsa arziydi. Bunday nozik jins vakillarini qo‘lidan hamma narsa keladi deb tashlab qo‘yish emas, aksincha, yelkama-yelka turib qo‘llab-quvvatlash kerak.

Ayollik nafosati

Go‘zallik va ayollik nafosati boshqa-boshqa tushuncha. Inson istarasiz, nimadir o‘zidan itaradigan, lekin go‘zal bo‘lishi yoki aksincha mukammal bo‘lmasa ham ayollik nafosati mujassam bo‘lishi mumkin va aynan ushbu xususiyat atrofdagilarni o‘ziga jalb qiladi. Vaqtida o‘zini qanday tutishni biladigan, madaniyatli va topishmoq ayollarga nisbatan munosabat boshqalarga qilinadigan muomaladan farqli bo‘ladi.

Tashkilotchilik va tartib

Miyasida va uyida tartib bo‘lmagan ayol bilan bo‘lishni hech kim istamaydi. Saranjom bo‘lmaslik faqatgina turar joy, ish yoki o‘qishda emas, inson fikrlashi, turmush tarzi va hayot yo‘lini tanlashida ham aks etadi.

Murosa qilish

Bu xususiyat faqatgina aqlli ayollarga xos. Gap ikkinchi tomon nohaq bo‘lsa ham ishni bitirish uchun ma’qullash yoki o‘zini haq deb hisoblagani uchun shart qo‘yish haqida emas, vaziyatni muhokama qilgan holda kamchilik qaysi tomondan yo‘l qo‘yilganini ochiqlash va nima bo‘lganda ham adekvat qaror qabul qilish haqida ketyapti. Murosa nafaqat shaxsiy hayot balki karyera uchun ham muhim sanaladi

To‘g‘rilik

To‘g‘rilikni hamma, ayniqsa erkaklar yaxshi ko‘radi. Hech kim makrli, ayyor ayol umr yo‘ldoshi bo‘lishini yoki shunday hamkasb bilan bir joyda ishlashni istamasligi aniq. Yolg‘on gapirib maqsadga erishilgan bilan ertami-kechmi hammasi yuzaga chiqqanidan keyin yuz shuvut bo‘lishini unutmaslik kerak. Shunday ekan boshqalardan ham avval o‘z vijdoni oldida to‘g‘ri bo‘lish kerak.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.