Nima uchun qishda darmonsizman? Temir moddasi va gemoglobin tanqisligi salomatlikka qanday taʼsir qiladi?
Yanvar oyi avvalida koʻp dam oldik, chunki qayta tiklanishimiz uchun bu zarur edi. Shunday boʻlsa-da, negadir koʻpchilikning ish rejimiga moslashishi qiyin kechmoqda, goʻyo kimdir bizni kisloroddan uzib qoʻygandek. Aslida, bu holat oddiy fiziologik jarayon boʻlishi mumkin. Mutaxassislar qanday yoʻl tutish lozimligini tushuntiradilar, deb yozmoqda “Noviy ochag” nashri.
Darmonsizlik, energiyaning yetishmasligi vitamin va minerallar miqdorining kamligidan dalolat. Sodda qilib aytganda organizmda temir tanqisligi belgisidir. Ushbu element organizmda gemoglobin ishlab chiqarishda, barcha aʼzo va toʻqimalarga kislorod yetkazib berishga javobgardir. Gemoglobin darajasi pasayganda, hujayralarni oziqlantirish uchun kislorod yetarli miqdorda boʻlmaganda buning eng koʻp uchraydigan alomatlardan biri doimiy charchoq, konsentratsiyaning pasayishi va uyqu bilan bogʻliq buzilishlar.
Nima uchun temir tanqisligi qishda kuchayadi?
Temir tanqisligi jiddiy muammo boʻlib, u koʻpincha dekabr yoki yanvar oylarida kuchayadi. Axir, koʻpchiligimiz uchun dekabr “turbo rejimi”ni yoqadigan oy. Shubhasiz, boshimiz aylanar darajaga kelib qolsa ham goʻzallik va yoshlikni saqlab qolishga intilamiz. Xonimlar yilning asosiy bayrami oldidan “bir necha kilogramm ortiqcha vazndan xalos boʻlishga” qaror qiladilar. Hech qachon mazali pishirilgan steykdan voz kechmang, stress paytida ham toʻgʻri ovqatlaning va bu mavsumda taomnomangiz faqat salat bilan yashil sharbatdan iborat boʻlmasin.
Temir tanqisligi qanday namoyon boʻladi?
Ayollarda temir yetishmasligi turli sabablarga koʻra uchraydi. Bu nafaqat umumiy darmonsizlik balki, sarkopeniya ( skelet va mushak massasining kamayishi), surunkali teri kasalliklari(giperpigmentatsiya, rozatseya, giperkeratoz)va boshqa xastaliklar bilan ham namoyon boʻladi.
Umuman olganda, temir tanqisligi organizmda kam qonlik(anemiya)gemoglobin miqdori pastligini koʻrsatadi, ammo kasallikning yashirin bosqichida bu modda normal boʻlishi mumkin. Shuning uchun qonda ferritin darajasini kuzatish muhimdir. Temir zahiralarini oʻzida aks ettiruvchi modda aynan shu oqsildir, chunki ferritin temir zaxirasini saqlovchi ombor vazifasini ham bajaradi.
Temir tanqisligini nimalar bilan toʻldirsa boʻladi?
Temir miqdorni meʼyorlashtirish, birinchi navbatda, organizmni temirga boy oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻyintirish zarur. Shu bilan birga, uning soʻrilishi umumiy protein koʻrsatkichlariga bogʻliqligini hisobga olish muhim. Ogʻir holatlarda biologik faol qoʻshimchalar hamda shifokor nazorati ostida tomchi shaklida tomir ichiga temir tavsiya etiladi. Bunday hollarda C vitamini qoʻshish zarar qilmaydi, bu tarkibiy qismlarning soʻrilishini yaxshilaydi.
Tomchi shaklidagi temir moddasi muammoni hal qila oladimi?
Mikroelementlar bilan boyitilgan tomchilar zamonaviy tendensiyalardan biridir. Ushbu muolaja tanqislik muammosini hal qilish imkonini beradi va buni tezda amalga oshirish mumkinligi bilan xarakterli. Agar muvozanatli ovqatlanish yoki odatiy vitamin komplekslari orqali ozuqa moddalarining darajasini normallashtirish uchun kamida bir necha hafta, baʼzi hollarda esa bir necha oy talab qilsa, u holda vitaminni tomchi holda qabul qilinsa, darhol natija beradi. Qonda moddalar tezlik bilan soʻriladi va siz elementlar uygʻunligi, uni qabul qilishning vaqtlari xususida qaygʻurishingizga hojat yoʻq. Biroq, bunday tomchilar organizm faoliyatiga “jiddiy” aralashadi va ular hammaga ham mos kelavermasligi mumkin.
Gemoglobinni koʻtarish uchun nima yeyish kerak?
Qondagi har qanday moddani tekshirib koʻrish uchun qon tahlilini oʻtkazish urfga aylandi. Qon tahlilida gemoglobinning past darajasini koʻrsangiz, darhol oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishga yugurmang, birinchi navbatda terapevtga uchrang. Shifokor qanday mahsulotlar va qoʻshimchalarni isteʼmol qilish mumkinligini tavsiya qila oladi.
Temirga boy mahsulotlar
Anemiyani davolash uchun keng tarqalgan mahsulotlar lahm goʻsht, ismaloq, loviya, qovoq urugʻlari, brokkoli, tofu va qora shokolad kabilar kiradi. Shuningdek, jigar va dukkakli ekinlar temir miqdori boʻyicha yetakchilik qiladi.
Yuqorida sanab oʻtilgan oziq-ovqatlardan boshqa mahsulotlar 100 gramm temir kunlik qiymatining taxminan 15 foizini oʻz ichiga oladi. Temir moddasi kislotali muhitda yaxshiroq soʻrilishini, yaʼni tovuq goʻshti yoki yasmiq(chechevitsa)shoʻrva bilan bir qatorda ozgina tuzlangan karam, turp yoki limon suvi qoʻshilgan barra salatning katta qismini isteʼmol qilish yaxshidir. Yoki tushlik vaqtida apelsin sharbatidan ichish ham foydalidir.
Manba