Salomatlik Salomatlik Organizmda B guruhi vitaminlari yetishmasligining 6 ta alomati

Organizmda B guruhi vitaminlari yetishmasligining 6 ta alomati

O'qildi: 310


Organizmda B guruhi vitaminlari yetishmasligining 6 ta alomati

B guruhi vitaminlari(jami yettita)barcha elementlarning eng energiyaga boyidir, chunki ular iste’mol qilingan kaloriyalarni energiyaga aylantirishga yordam beradi. Eng muhim vitaminlardan biri B12 vitamini bo‘lib, u DNK ishlab chiqarilishi, shuningdek, asab va qon aylanish tizimining sog‘lig‘iga bog‘liq. Ushbu vitaminning tavsiya etilgan kunlik iste’moli 2,4 mikrogramni tashkil qiladi va ko‘p hollarda u oziq-ovqat mahsulotlardan olinadi. Ammo kundalik ratsion yetarli darajada turli xil bo‘lmasa, organizmda B12 vitamini yetishmasligi mumkin. “Noviy ochag” nashri B guruhi vitaminlari yetishmasligining bir nechta alomatlarini ma’lum qildi.

Foto: “Noviy ochag”

Qo‘l va oyoqlar uvishishi

B12 vitamini asablarni himoya qiluvchi miyelin ishlab chiqarishda ishtirok etadi. Agar mazkur vitamin yetarli bo‘lmasa, asablar kerakli darajada himoyalanmaydi. Natijada oyoq-qo‘llarda qon aylanmasligi va hatto uvishish kuzatilishi mumkin.

Charchoq

B guruhi vitamini yetishmovchiligining klassik belgilaridan biri doimiy charchoq hissidir. Gap shundaki, B12 vitamini yetishmasligi tufayli megaloblastik anemiya rivojlanishi mumkin — u organizmda kislorodni yetkazib beradigan qizil qon tanachalari ishlab chiqaradi. Natijada eng muhim organlar yetarlicha kislorod olmaydi va charchoq hissi paydo bo‘ladi.

Rangparlik

Oqargan yoki hatto sarg‘ish rangdagi teri B12 vitamini yetarli emasligining yana bir belgisidir. Sababi hujayralar yetarlicha kislorod olmaydi. Ammo shuni unutmaslik kerakki, yuz rangining keskin o‘zgarishi jiddiy kasalliklarning namoyoni bo‘lishi mumkin. Masalan, gepatit yoki hatto jigar saratoni kabi. Shuning uchun o‘z vaqtida shifokor bilan maslahatlashish muhimdir.

Depressiya

B12 vitamini neyrotransmitterlarni ishlab chiqarishda ishtirok etadi, ulardan biri serotonin, ya’ni uning yetishmasligi depressiya rivojlanishi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, B12 neyronlar orasidagi aloqa uchun zarurdir va agar unda muammo bo‘lsa, bu ham jiddiy kasallikning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Umuman olganda, agar hayotga nisbatan norozilik va energiya shubhali darajada pasaygan bo‘lsa, qon topshirish va B12 vitamini darajasini tekshirtirish tavsiya etiladi.

Xotira bilan bog‘liq muammolar

B12 vitamini miyadagi metabolik jarayonlarning me’yorda ishlashi uchun zarurdir, mos ravishda uning yetishmasligi jiddiy xotira muammolari va hatto demensiyaning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ma’lumotni eslab qolish yoki qayta ishlashda qiyinchiliklar sezilsa, B guruhi vitaminlari darajasini tekshirishni unutmaslik lozim. Ularning yetishmasligi jiddiy va deyarli qaytarib bo‘lmaydigan kasalliklarga olib kelishi mumkin.

Yosh 50 dan oshganda

Buni, albatta, alomat deb atash qiyin, ammo 50 yoshdan oshgan insonlarda ham B12 vitamini tanqisligi yuzaga kelishi mumkin. Gap shundaki, oshqozon kislotasi ushbu vitaminning so‘rilishi uchun zarurdir va uning organizmda ishlab chiqarilishi yosh o‘tib borishi bilan kamayadi. Shuning uchun 50 yoshdan oshganlarga har yili qon tahlilini o‘tkazish va barcha kerakli vitamin va minerallar darajasini kuzatish tavsiya etiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.