Salomatlik Salomatlik Bolaning tishi chiqayotganda tana harorati necha kun davomida yuqori bo‘ladi?

Bolaning tishi chiqayotganda tana harorati necha kun davomida yuqori bo‘ladi?

O'qildi: 357


Bolaning tishi chiqayotganda tana harorati necha kun davomida yuqori bo‘ladi?

Tishlar chiqayotgan vaqtda yuqori harorat qancha kun davom etishi ko‘pgina omillarga bog‘liq, ularning eng jiddiyi — zaiflashgan immunitetga virus va bakterial infeksiyaning qo‘shilishidir. Buning oldini olish yoki asoratlardan saqlash uchun chaqaloqning normal holatini patologik holatdan ajrata olish kerak, uni yallig‘langan milkdan tashqari infeksiya ham bezovta qilishi mumkin, deb yozadi Wday.

Foto: Pinterest

Bolalarda tish chiqishi paytida harorat ko‘tarilishi necha kun davom etadi?

Chaqaloqda ilk tishlarning paydo bo‘lishi ota-onalarning asablari va sabr-toqatining jiddiy sinovidir. Bu jarayon injiqlik va yomon uyqu, ichak kasalliklari va harorat bilan birga kuzatilishi mumkin. Ikkinchi holat har doim bo‘lmasa-da, lekin tez-tez namoyon bo‘ladi. Yuqori haroratning xavfi shundaki, ota-onalar farzandining tishlari chiqayotganini yoki har doim ham yuqumli kasallikning rivojlanishini o‘z vaqtida sezmaydi va o‘tkazib yuboradi.

Tishlar chiqishini ko‘rsatadigan belgilar quyidagilardir:

  • Bola injiq bo‘lib qoladi, qo‘llarini yuziga cho‘zadi, burni yoki qulog‘ini tortishi mumkin.
  • Bolada so‘lak oqishi ko‘payadi, hamma narsani og‘ziga tortadi.
  • Bola yaxshi yoki umuman uxlamaydi. Agar bola ko‘krak suti bilan oziqlansa, u yanada ko‘proq emadi; sun’iy ovqatlanadigan chaqaloqlar esa so‘rg‘ichni og‘izdan chiqarmaydi.
Ushbu belgilar tishlarning yaqinda chiqishini ko‘rsatadi. Tana haroratining biroz ko‘tarilishi, agar jarayon virusli yoki bakterial kasallik bilan murakkablashmasa, bir kundan uch-to‘rt kungacha davom etishi mumkin.

Tishlar chiqayotganda tana harorati: bolalar va kattalardagi me’yor va patologiya

Tishlar chiqayotgan vaqtda tana harorati qancha kun davom etishi chaqaloq milklarining holatiga va hatto qaysi tishlarining chiqishiga bog‘liq. Bunday paytlarda deyarli barcha bolalarda 37,5 darajagacha bo‘lgan tana harorati kuzatiladi. Tana haroratining sabablari quyidagilardan iborat:

  • Bolaning milkida yallig‘lanish jarayoni.
  • Milkni yumshatishga yordam beradigan biologik faol moddalarning chiqarilishi. Ba’zan u ham isitmani qo‘zg‘atadi.
Chaqaloq tabiiy ravishda hamma narsani og‘ziga tortganligi sababli infeksiya yuqish ehtimoli juda yuqori. Shuning uchun agar harorat 38 darajadan yuqori bo‘lsa, 4 kundan ortiq davom etsa va bola muntazam yig‘lasa, uni pediatrga ko‘rsatish va tekshiruvlarda o‘tkazish kerak.

Tishlar chiqish paytida tana harorati nafaqat chaqaloqlarni, balki kattalarni ham bezovta qilishi mumkin. Bu asosan aql tishi chiqishida kuzatiladi.

Voyaga yetgan odamlarning suyagi va milki bolalarniki kabi elastik emas va tish chiqish jarayoni bir oy yoki undan ko‘proq davom etishi mumkin. Agar tish chiqishi vaqtida og‘riq va noqulaylik bezovta qiladigan bo‘lsa, milkni kesish va jarayonni yengillashtirish uchun tish shifokoriga borish tavsiya etiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.