Salomatlik Salomatlik Shunchaki husnbuzar emas: jiddiy kasalliklardan ogohlantiruvchi 7 ta kosmetik alomat

Shunchaki husnbuzar emas: jiddiy kasalliklardan ogohlantiruvchi 7 ta kosmetik alomat

O'qildi: 271


Shunchaki husnbuzar emas: jiddiy kasalliklardan ogohlantiruvchi 7 ta kosmetik alomat

Husnbuzar, rangparlik, sepkillar — bu kosmetik muammolarning salomatlik bilan hech qanday aloqasi yo‘qdek. Ammo shifokorlar bu o‘zgarishlarning ba’zilari juda jiddiy kasalliklar alomati bo‘lishi mumkinligi haqda ogohlantiradi, deb yozadi “Noviy ochag”.

Foto: Pinterest

Yo‘qolib ketmaydigan husnbuzarlar

Uzoq vaqt davomida ketmaydigan va ayniqsa qonaydigan husnbuzarlar shoshilinch tarzda shifokor bilan maslahatlashish uchun sababdir. Mutaxassislarning ogohlantirishicha, bu turdagi toshma teri saratonining eng keng tarqalgan shakli bo‘lgan bazal hujayrali karsinomaning namoyoni bo‘lishi mumkin.

Terining doimiy xiraligi

Kuz va qishda, xona ichidagi havo quruqlashadi, ayniqsa, tashqari juda sovuq bo‘lsa. Bunday vaqtda terini yumshatish, uni himoya qilish va namlik muvozanatini normallashtirish uchun namlovchi vositalardan foydalanishga arziydi. Ammo agar teri ko‘chish joyi bir joyda qayta-qayta paydo bo‘lsa yoki uzoq vaqt davomida yo‘qolmasa, iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qilish kerak: bu ultrabinafsha nurlari tufayli terining saratondan oldingi shikastlanishi bo‘lishi mumkin.

Tirnoqdagi qizil chiziqlar

Ko‘pgina hollarda bir yoki bir nechta tirnoqlarda paydo bo‘ladigan qizil chiziq kalsiy yetishmovchiligi tufayli tirnoq plastinkasining ingichka bo‘lib borayotgani haqda ogohlantiradi. Bu dermatolog bilan bog‘lanishga arziydi, chunki ba’zi hollarda tirnoqlarda qizil chiziq psoriaz kasalligi yoki yoki rivojlanayotgan zararsiz o‘smalarning belgisi bo‘lishi mumkin.

Sepkil va yosh bilan bog‘liq dog‘lar

Ko‘pchilikning yuzida bahor va yozda sepkillar yoki yoshga xos dog‘lar paydo bo‘ladi. Ammo har bir yangi nuqtani diqqat bilan kuzatib borish kerak va agar ular assimetrik bo‘lsa, o‘lchami o‘zgarsa, terining yuzasidan bo‘rtib chiqsa, rangi yoki diametri kattalashsa iloji boricha tezroq shifokor bilan maslahatlashish zarur. Ushbu xususiyatlarga ega yangi dog‘lar ko‘pincha teri saratonining namoyoni bo‘lishi mumkin.

Lablarning yorilishi

Nafaqat qishda, balki yozgi jaziramada ham doimo lablarni balzam yoki moy bilan yog‘lash kerak, chunki quruqlikning kuchayishi yoqimsiz hamda xavfli hamdir. Ammo lablar qurib, yorilib ketsa, ob-havodan qat’i nazar, dermatolog-onkolog bilan bog‘lanish kerak, sababi melanoma ko‘pincha lablar terisida rivojlanadi.

Qoshlarning siyraklashishi

Yoshi o‘tishi bilan soch to‘kilishi qoshlar sohasida ham kuchayadi. Ammo qoshlar juda tez yoki erta to‘kilsa, qalqonsimon bezni tekshirish tavsiya etiladi, bu gipotireozning alomati bo‘lishi mumkin.

Uchuqlar

Voyaga yetgan aholining yarmidan ko‘pi gerpes virusining tashuvchisi hisoblanadi, ammo ko‘p hollarda u o‘zini namoyon qilmaydi. Immunitetning pasayishi bilan ma’lum dori-darmonlarni qabul qilish fonida yoki boshqa shunga o‘xshash holatlarda faollashadi. Og‘iz burchaklarida uzoq vaqt davomida ketmaydigan yara va yoriqlar paydo bo‘lsa, autoimmun kasalliklar yoki infeksiyani istisno qilish uchun shifokor bilan maslahatlashish kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.