Salomatlik Goʼzallik Uzun va qalin kipriklarni o‘stirish bo‘yicha 4 ta samarali layfxak

Uzun va qalin kipriklarni o‘stirish bo‘yicha 4 ta samarali layfxak

O'qildi: 461


Uzun va qalin kipriklarni o‘stirish bo‘yicha 4 ta samarali layfxak

Og‘ir kundan yoki ziyofatdan keyin uyga qaytganingizda, ko‘zlaringizdagi ulama kirpiklarni olib tashlashdan ko‘ra charchatadigan narsa yo‘q. Biroq ularni bir kecha qoldirib bo‘lmaydi, bu eng yomon g‘oyalardan biri. Har bir narsa ko‘z qovoqlarining shilliq yoki nozik terisi shikastlanishi bilan yakunlanishi mumkin, bu joy yuzning boshqa qismlariga qaraganda uch barobar nozikroq.

Foto: “Yandeks.ru”

Kosmetik vositalar kipriklaringizga zarar yetkazishi yoki yetkazmasligini tekshiring

Yumshoq makiyaj tozalash vositasi va yuvib tashlash oson bo‘lgan tushdan foydalanayotganingizga ishonch hosil qiling. Suv o‘tkazmaydigan tushlarni tanlab bo‘lmaydi, bu kipriklarni quritib, mo‘rt va sinuvchan qilib qo‘yadi. Tushni har uch oyda o‘zgartiring, u bakteriyalarning ko‘payish joyiga aylanmasligi kerak. Kirpiklaringizni haddan tashqari qayirmang, chunki bu ularning o‘sishiga zarar yetkazishi mumkin.

Kiprik uchun ishlab chiqarilgan sivorotkalardan foydalaning

Ko‘plab kosmetika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari kiprikka qo‘llanadigan sivorotkalarni ishlab chiqaradi, biroq ularning hammasi ham yaxshi foyda bermaydi. Dermotolog va tibbiyot fanlari doktori Debra Jaliman biotin, peptidlar, lipidlar, pantenol va gialuron kislotasini o‘z ichiga olgan sivorotkalarni tanlashni maslahat beradi.

Kosmetik kimyogar Stiven Allen Kou ta’kidlaganidek, sivorotkalar har kecha uyquga yotishdan oldin kiprik chizig‘i bo‘ylab, iloji boricha ularning tagiga yaqinroq surtilishi kerak. Jaliman paydo mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish uchun sivorotkalarni ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishni maslahat beradi.

Ko‘zingizdagi makiyajni asta-sekinlik bilan olib tashlang

Kun oxirida tush kipriklaringizga yopishib qolmasligi uchun ko‘zingizdagi makiyajni tozalashni unutmang. Shu bilan birga, qo‘pol harakatlardan qoching va shoshilmang: tushni “zaiflashtirish” uchun makiyaj vositasini 30 soniya saqlab turing. Kipriklaringizni qattiq tortmang, bu ularning mexanik shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

Ovqatlanish ratsioningizga biotinga boy mahsulotlarni qo‘shing

H vitamini sifatida ham tanilgan biotin teri, sochlar, ko‘zlar, jigar va hatto asab tizimini sog‘lomlashtirishga yordam beradi. Texnik jihatdan kipriklar ham sochdir, shuning uchun biotin ularga foyda bo‘la oladi. Tarkibida ko‘p biotin bo‘lgan mahsulotlar: jigar, buyrak, soya, kepak, sigir suti, tuxum sarig‘i, gulkaram, pomidor va yeryong‘oqni iste’mol qiling.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.