Salomatlik Goʼzallik Qishda oyoqlarni parvarish qilish bo‘yicha 3 ta muhim qoida

Qishda oyoqlarni parvarish qilish bo‘yicha 3 ta muhim qoida

O'qildi: 327


Qishda oyoqlarni parvarish qilish bo‘yicha 3 ta muhim qoida

Sovuq qishda oyoqlar ham qo‘llardan kam bo‘lmagan parvarishga muhtoj. Parvarishning uchta muhim qoidasi jiddiy muammolardan qochishga yordam beradi, deb yozadi The Voice Mag.

Foto: The Voice Mag

Sovuq mavsumda oyoqlar sog‘lig‘iga zarar bermaslik uchun shifokorlarning ushbu oddiy tavsiyalariga amal qilish lozim.

Oyoq kiyimlar quritgichidan foydalaning. Kuz-qish davrida botinka yoki etiklar har doim ham quruq bo‘lmaydi. Quritgich esa ulardan ortiqcha namlikni tez va samarali ravishda olib tashlashga yordam beradi. Bu bilan nafaqat oyoqlar sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qilish, balki oyoq kiyim ichidagi bakteriya, zamburug‘, mog‘or va yomon hidlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qilish mumkin. Bundan tashqari, sovuqqa chiqishdan oldin issiq va quruq poyabzal kiyish ikki barobar yoqimli.

Paxta paypoq va kolgotka kiying. Bu termoregulyatsiya xususiyatlariga ega bo‘lgan yengil materialdir. Bir tomondan, bunday mahsulotlar oyoqlarni muloyimlik bilan isitadi, boshqa tomondan, ular nafas olishga yordam beradi. Sintetik materiallardan farqli o‘laroq, paxta namlikni yaxshi o‘zlashtiradi, bu esa oyoqlarni zamburug‘lardan himoya qiladi.

Karbamid moddali kremdan foydalaning. Bunday kremlar chuqur qatlamlardan suvni yuqoriga olib chiqadi. Karbamid to‘qimalarga chuqur kirib boradigan boshqa tarkibiy qismlarning o‘tkazuvchisi bo‘lib xizmat qiladi, namlovchi, oziqlantiruvchi va tiklovchi moddalarning so‘rilishiga yordam beradi. Shuningdek, oyoqlardagi qadoqlardan xalos bo‘lishga yordam beradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.