Lab qurib qolmasligi uchun amal qilish kerak bo‘lgan 5 ta foydali maslahat
Bir nechta oddiy go‘zallik layfxaklari lab qurishi va yorilishi xavfini kamaytirishga yordam beradi. Marie Claire nashri oqibatlarini bartaraf etish va bu muammolarning oldini olish uchun eng yaxshi maslahatlar bilan bo‘lishdi.
Foto: Marie ClaireIchimlik ichish va ovqatlanishga ahamiyat bering
Bir qarashda foydasizdek ko‘ringan qoida keyingi harakatlar uchun asosdir. Ichimlik suvining foydasi hammaga ma’lum. Olimlar kuniga haqiqatan ham zarur bo‘lgan ikki yoki uch litr suv miqdori haqida uzoq vaqt bahslasha oladi. Ovqatlanish esa o‘z-o‘zidan sog‘lom bo‘lishi kerak. Ratsiondan o‘rin olgan mahsulotlar vitaminga boyligi bilan organizmga foyda keltiradi. Agar lab qurib, allaqachon yorilish holatiga kelgan bo‘lsa, demak, achchiq, sho‘r va o‘ta shirin mahsulotlar iste’molidan cheklanish tavsiya etiladi.
Lablarni kamroq namlang
Agar bu odat tusiga kirib qolgan bo‘lsa ham, imkon qadar lablarni sovuqda kamroq namlash kerak. Chunki so‘lakda amilaza fermenti mavjud bo‘lib, u og‘izdayoq ovqat hazm qilishning uzoq muddatli jarayonining birinchi bosqichini boshlaydi. Og‘iz bo‘shlig‘idagi kraxmal bilan kurasha oladigan va uning tarkibiy qismlarga bo‘lib tashlaydigan ferment lablarning nozik terisiga ham salbiy ta’sir qiladi. Ushbu jarayon davom etaversa, lablar quriydi, yoriladi va tashqi ko‘rinishga putur yetkazadi.
Ularni himoya qiling
Yozda terini quyosh nuridan, qishda esa sovuq havodan himoya qilish tabiiy jarayon. Ammo lablar ham bundan kam e’tiborga loyiq emas: yil davomida SPF balzamini qo‘llash tavsiya etiladi, ayniqsa qattiq sovuq kunlarida. Qolaversa, yuzning yarmini sharf bilan to‘sish ham kerak. Bu lablar uchun eng yaxshi himoya vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Maxsus balzamlardan foydalaning
Tarkibida vazelin, dimetikon, shi yog‘i yoki gialuron kislotasi mavjud balzamlardan foydalanish tavsiya etiladi. Ularning barchasi namlikni bir me’yorda ushlab turishga va mikroskopik zararni tuzatishga qodir. Balzamning tuzilishi yopishqoq va quyuq bo‘lishi kerak. Agar lab terisi ko‘chishi surunkali bo‘lsa, keramidlar bilan boyitilgan balzamlarni sinab ko‘rish mumkin.
Muntazam foydalaning
Lablarni parvarish qilish ma’lum vaqtda emas, balki muntazam ravishda amalga oshirilishi kerak. Ertalab og‘iz bo‘shlig‘i tozalangandan boshlab, toki kechki payt uyquga ketishdan avval ham lablarga maxsus balzam yoki namlantiruvchi vositalar qo‘llash lozim. Shuningdek, lab uchun mo‘ljallangan parvaish vositalari ayollarning sumkasi, mashinasi, ish stoli hamda xonasida bo‘lishi shart. Yodga tushganda emas, doimiy ravishda ularni qo‘llash lablarni sog‘lom va chiroyli ko‘rinish bilan ta’minlaydi.
Manba